Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
200 742/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiya ismli ayolni Jamila ismiga almashtirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarning (r.a.) Osiya ismli qizlarini Jamila deb nomladilar. 743/6. Usoma ibn Axdariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelgan kishilar orasida Asram (kesilgan) ismli shaxs bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Isming nima?» deganlarida, u Asram, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sening isming Zur’a (ziroat ekuvchi)», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 744/7. Abu Shurayh Honiy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga qavmlari ila vakil bo‘lib kelishganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavmi uni Abulhakam deb kunyalashganlarini eshitib, huzurlariga chaqirdilar. «Albatta Alloh hakamdir. Hukm ham Unga xosdir. Nima uchun seni Hakamning otasi, deb kunyalashadi?» deganlarida, u: «Qavmim agar biror narsada ixtilof qilishsa, menga kelishar edi. Men ularning oralarida hakam bo‘lar edim. Ikki tomon ham mendan rozi bo‘lishardi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu-ku yaxshi! Bolalaring bormi?» deb so‘radilar. U: «Ha, Shurayh, Muslim va Abdulloh ismli bolalarim bor», dedi. «Ularning kattasi kim?» deganlarida, «Shurayh», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen Abu Shurayhsan, ya’ni Shurayhning otasi», dedilar. Abu Dovud aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiy (gunohkor), Aziz, Atla(qo‘pol), Shayton, Hakam (hukm qiluvchi), G’urob (qarg‘a), Hubob (shaytonning ismlaridan biri) va Shihob (uchqun) ismlarini Hoshim, deb o‘zgartirdilar. Va yana Harbni (urush) Silm (tinchlik), deb, Muztaji’ni (yonboshlagan) Munba’is (harakatga tushuvchi), deb, Afira (quruq) degan yerni Xazira (ko‘m-ko‘k), deb, Shi’baz zalolani (zalolat darasi) Shi’balhuda (hidoyat darasi), deb, Banuzzaniyyani (zino bolalari) va Banumug‘viyani (adashganlar bolalari) Banurishda (rushdu-hidoyatdagilar bolalari), deb ismladilar». Bularning isnodini qisqa bo‘lgani uchun tark qilganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling