Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
242 Bunga Imom Abu Homid al-G’azzoliy va boshqa ulamolar ham kitoblarida misol keltirishgan. Buning dalili sahih hadislarda zohiriy holda keltirilgan. 897/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirishga izn so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga izn beringlar, u muncha ham qabilaning yomon birodari ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buxoriy buzg‘unchi ishonchsiz kishilarni g‘iybat qilish joizligiga mana shu hadisni xujjat qilganlar. 898/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ulushni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Allohga qasamki, Muhammad bu taqsimi ila Alloh roziligini istamadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, buning xabarini berdim. Shunda u zotning yuzlari o‘zgarib, «Alloh Musoni rahmat qilsin. Bundan-da ko‘p aziyat berilsa ham sabr qilgan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, Ibn Mas’ud (r.a.): «Bundan keyin u zotga gap tashib bormayman», dedilar. Imom Buxoriy birodari haqida aytilgan narsaning xabarini berishga yuqoridagi hadisni hujjat qilganlar: 899/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi va pistonchi (munofiqlardan ikki kishi) dinimizdan biror narsa biladi, deb gumon qilmayman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 900/4. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqqanimizda kishilarga qiyinchilik yetdi. (Munofiq) Abdulloh ibn Ubay: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlaridagi kishilarga (muhojirlarga) ehson qilmanglar, shunda atroflaridagi kishilar tarqalib ketadi. Agar Madinaga qaytsak, kuchli bo‘lganlar kuchsizlarni u yerdan chiqarib yuboradi», deganida, men buning xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazdim. Bas, u zot Abdulloh ibn Ubayga odam yubordilar...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Alloh taolo buni tasdiqlab Munofiqun surasining 1-oyatini nozil qildi: «(Ey Muhammad), qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar...». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Sufyonning xotini Hinddan qilingan sahih rivoyatda uning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Abu Sufyon - baxil kishi», deb aytgan so‘zlari va yana Fotima binti Qaysga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ammo Muoviya qashshoq, Abu Jahl esa asoini yelkasidan qo‘ymaydi», deb aytgan so‘zlari g‘iybatning mana shu ko‘rinishdagisi joiz ekaniga dalil qilib keltirilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling