talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir
kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat); «O’shanda sizlar
uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar
va buni yengil ish, deb o‘ylar edinglar. Holbuki, u Alloh nazdida ulug‘
(gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat).
Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan «Bir banda Alloh taoloni norozi
qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham
Uzi bilib, uni jahannamga tashlaydi» kabi sahih hadislar va bunga o‘xshash yuqoridagi
bobda kelgan tilni saqlash to‘grisidagi so‘zlar xususida fikr yuritadi. Va yana bularga
«Alloh men bilan birga», «Alloh Uzi shohid», «Alloh meni kuzatib turibdi» kabi so‘zlarni
ham ko‘shib ko‘yadi.
Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bu zotga: «Siz meni giybat qilibsiz»,
deganida, bu zot: «Yaxshiliklarimga hukm qilmoqqa sening kuching yetmaydi», dedilar.
Ibn Muborak (r.a.): «Agar biror kishini giybat qilganimda ota-onamni giybat qilgan bo‘lar
edim. Chunki ular ikkovlari mening hasanotlarimga haqlidirlar», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |