vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.» (Najm surasi, 3-4-oyatlar).
894/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men
osmonga ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning
misdan tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil,
anavilar kim?» desam, u zot: «Ular shunday kishilarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni,
g‘iybat qilib) obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
895/7. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonning obro‘sida nohaq tilni uzun qilish ribolarning buyugidir», dedilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
(Ya’ni, obro‘sini to‘kish ribodek buyuk gunohdir... - tarj.)
896/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va
uni xo‘rlamaydi. Har bir musulmonni boshqa musulmonning obro‘si, moli va qoniga
(tajovuz qilmog‘i) haromdir. Taqvo bu yerda (Ya’ni, qalbda). Kishi musulmon birodarini
past sanamog‘i uning yomonligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |