315-bob G’iybatga taalluqli muhim masalalar bayoni
Utgan boblarda zikr qildikki, g‘iybat - kishini u karih ko‘radigan narsasi bilan zikr
qilmoqlikdir. Xoh u lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda bo‘lsin yoki ko‘z, qo‘l
va bosh bilan ishora etish orqali bo‘lsin, barchasi joiz emas.
Yana ham aniqrog‘i, har bir musulmonning nuqsonini boshqaga anglattirmoq harom
bo‘lgan g‘iybatdir.
Ana shu g‘iybatlardan biri - egilib va bukilib yuradigan yoki shularga o‘xshash nuqsonli
kishilarni hikoya qilib, ana shu hikoyadan unga noqislikni xohlashlikdir. Bularning har biri
xilofsiz haromdir.
Yana g‘iybatlardan biri - musannif kitobida bir shaxsni zikr qilib, bu bilan uning
noqisligini va uni obro‘sizlantirishni xohlasa, u ham haromdir. Ammo bu zikri bilan uning
xato qilayotganini, ilmda zaif ekanligini va buning sababidan odamlar unga taqlid qilib,
ergashib g‘ururga ketib qolmasliklarining oldini olib gapirmog‘i g‘iybat emas. Balki vojib
bo‘lgan nasihatdir. Agar mana shuni iroda qilsa, savob ham oladi.
Shu singari musannif yoki boshqasi: «Bir qavm yoki bir jamoa unday yoki bunday», «Bu
qilgani noto‘g‘ri yoki xato yoki jaholat va g‘aflat» kabi so‘zlarni aytishi ham g‘iybat emas.
Chunki haqiqiy g‘iybat bir kishining ayni o‘zini yoki bir jamoatning ayni o‘zini zikr
qilmoqlikdir.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |