Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
239 Va yana harom g‘iybatlardan biri - ba’zi kishilar unday qildi yoki ba’zi faqihlar yoki ba’zi ilmni da’vo qiluvchilar yoki ba’zi muftiylar yoki ba’zi o‘ziga islohni nisbat beruvchilar yoki zuhdni da’vo qiluvchilar yoki bugun oldimizdan o‘tgan ba’zi kishilar yoki ba’zi bir ko‘rgan kishilar bunday qildi, deb bu bilan xitob qilingan shaxsning o‘zini tushunilmoqlikdir. Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - faqih va obidlarning g‘iybatidir. Chunki ular ochiq- oydin anglanganidek g‘iybatga yo‘liqurlar. Ularning biriga falon kishining ahvoli qanday deyilsa, bas, u Alloh bizni isloh qilsin yoki Alloh bizni mag‘firat qilsin yoki Alloh uni isloh qilsin yoki Allohdan ofiyatni so‘raymiz yoki zulm qilish bilan balolab qo‘ymaganiga Allohga hamd bo‘lsin yoki yomonlikdan Alloh nomi ila panoh tilaymiz yoki hayo ozligidan Alloh bizni ofiyat qilsin, Alloh tavbalarimizni qabul qilsin kabi noqislikni anglanadigan so‘zlarni aytmoqlikdir. Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - falon kishi ham barchamiz balolangan narsa bilan balolandi yoki hammamiz qiladigan hiylani u ham mol topishda ishlatadi, deb aytmoqlikdir. Yana ham to‘g‘rirog‘i yuqorida aytganimdek, kishining kamchiligini xitob qiluvchidan anglanmog‘idir. Biz buni yuqorida Imom Muslimdan qilingan rivoyatda zikr qildik. Fasl: Bilingki, g‘iybat qiluvchiga g‘iybat harom bo‘lganidek, eshituvchiga ham uni eshitib iqror bo‘lish haromdir. Bir insonning harom bo‘lgan g‘iybatni boshlaganini eshitsa, agar zohiriy zarardan qo‘rqmasa, uni g‘iybatdan man qilishi vojib bo‘ladi. Modomiki, qo‘rqadigan bo‘lsa, qalbi bilan uni inkor qilib, ana shu majlisdan ajrab chiqib ketishi vojib bo‘ladi. Agar tili bilan inkor qilishga yoki g‘iybatni boshqa so‘z bilan kesishga qodir bo‘lsa, uni lozim tutadi. Agar bunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu tili bilan jim bo‘l, desa-yu qalbi bilan u g‘iybat davom etishini xohlasa, Abu Homid G’azzoliy aytganlaridek, ana shu nifoq bo‘lib, gunohdan uni xalos eta olmaydi. Xalos etish uchun qalbi bilan ham g‘iybatni karih ko‘rmog‘i lozim. Qachonki ana shunaqa g‘iybat qilinayotgan maqomda o‘tirishga majbur bo‘lib qolsa-yu, inkor qilishdan ojiz bo‘lsa yoki qaytarsa-yu g‘iybatdan kishilar qaytmasa va ana shu yerdan ajralishga ham imkon topmasa, u holda g‘iybatni eshitib quloq tutishi harom bo‘ladi. Balki bundagi eng to‘g‘ri yo‘l - tili va qalbining o‘zi bilan Allohni zikr qilmog‘i yoki eshitmaslik uchun boshqa narsalar haqida fikr yuritmokdikdir. Mana shundan keyin mazkur holatda g‘iybatning quloqqa chalinishining zarari yo‘q. Ana shu g‘iybatda yana bardavom bo‘laversalar, unda ulardan chetlashmoq lozim bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo An’om surasining 69-oyatida: «Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz o‘giring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm bilan birga o‘tirmang», deb aytgan. Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Bu zot bir ziyofatga chaqirilganida, u yerga bordilar. U yerdagilar ziyofatga kelmagan bir kishini zikr qilib, uni og‘ir kishi, deb aytishdi. Shunda bu zot: «Men kishilar g‘iybat qilinadigan yerda hozir bo‘lib qolibman», deb u yerdan chiqib ketdilar va uch kun ovqatlanmadilar. Bu haqda quyidagi she’rlar bitilgan: Tilingni tiyganing kabi qabih so‘zlardan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling