Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob G’iybat va chaqimchilikning haromligi haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat
314-bob G’iybat va chaqimchilikning haromligi haqida
Bilingki, g‘iybat va chaqimchilik kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bu ikkovidan kishilarning ozginasigina omonda qolishadi, xolos. G’iybat yomon ko‘radigan narsasi bilan kishini zikr qilmoqlikdir. Xoh u badanida yoki dinida yoki dunyosida yoki nafsida yoki xalq qilinishida yoki xulqida yoki molida yoki bolasida yoki otasida yoki xotinida yoki xizmatkori va qulida yoki sallasi va kiyimida yoki yurishi, harakati, jilmayishida, nuqsonligi, qovog‘i solinganligi va xushchaqchaqligi yoki bundan boshqa ana shunga taalluqli narsalarda bo‘lsin, g‘iybat sanalaveradi. Xoh uni lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda zikr qilish yoki ko‘z, qo‘l, bosh va shunga o‘xshashlar ila ishora qilish orqali ham g‘iybat bo‘ladi. Badandagi g‘iybat: ko‘r, oqsoq, xira ko‘radigan, tepakal, kalta, uzun, qora, sariqligini aytmoqlikdir. Dindagi g‘iybat: fosiq, o‘g‘ri, xoin, zolim, namozga e’tibor bermay, beparvo bo‘ladi, najasotlarni yengil sanaydi, otasiga yaxshilik qilmaydi, zakotni o‘z o‘rniga sarf qilmaydi, g‘iybatdan saqlanmaydi, deb aytmoqlikdir. Dunyodagi g‘iybat: odobi oz, insonlarni past sanaydi, biror kishining hakqini tanimaydi, ko‘p gapiradi, ko‘p yeydi, ko‘p yoki noo‘rin uxlaydi, o‘rinsiz joyga o‘tiradi, deb aytishga o‘xshashlardir. Otasiga taalluqlisi esa: otasi fosiq yoki hindiy yoki nabatiy, zanjiy, etikdo‘z, gazmol sotuvchi, miskor, duradgor, temirchi, to‘quvchi, deb aytishga o‘xshashlardir. Xulqqa taalluqlisi esa: yomon xulqli, mutakabbir, riyokor, shoshqaloq, kuchli, ojiz, qalbi zaif, o‘zini tutolmaydi, qovog‘i soliq, axloqsiz kabi so‘zlarni aytmoq. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 237 Kiyimga taalluqli g‘iybatlar esa: yengi keng, etagi uzun, kiyimi kir va shunga o‘xshash narsalarni aytmokdik. Qolganlari ham zikr qilganimizdek qiyoslanadi. Yana ham to‘g‘rirog‘i yomon ko‘rgan narsasini zikr qilmoqlik-g‘iybatdir. Abu Homid G’azzoliy musulmonlar ijmo’ini quyidagicha naql qildilar. G’iybat - yomon ko‘rgan narsasi bilan boshqani zikr qilmoqlik. Sahih hadislar buni aniqlab keladi. Ammo chaqimchilik - ba’zilarga ba’zi kishilarning fasod so‘zini tashimokdikdir. Bu ikkitasining hukmi musulmonlar ijmo’i bilan haromdir. Buning haromligiga Qur’ondan, sunnatdan va musulmonlar ijmo’idan ochiq-oydin dalillar kelgan. Alloh taolo Xujurot surasining 12-oyatida: «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling