Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
234 qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham Uzi bilib, jahannamga tashlaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 879/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib ko‘yadi. Va yana bir kishi Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib ko‘yadi», dedilar. Imom Molik, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 880/7. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir ishni aytib bering, men uni mahkam ushlay», deganimda, u zot: «Rabbim - Alloh, deb ayt, so‘ngra istiqomatda (sobitqadam) bo‘l», dedilar. Yana «Ey Rasululloh, menga qo‘rqiladigan narsaning eng xavflisi (xabarini bering)», deganimda, u zot tillarini ushlab, «Bu», dedilar». Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 881/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning zikridan boshqa so‘zlarni ko‘paytirmanglar. Chunki Allohning zikridan boshqa so‘zlar bag‘ritosh qilib qo‘yadi. Allohdan insonlarning eng uzog‘i bag‘ritoshlaridir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 882/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimni ikki jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 883/10. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, najot nimada?» desam, u zot: «Tilingni tiygin va xatolaringga yig‘lagin. Shunda turmushing farovon bo‘ladi», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 884/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar odam bolasi tong ottirsa, a’zolarning barchasi tilning gunohini kechirib, «Bas, ey til, Allohdan ko‘rq! Biz ham sendanmiz. Agar sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar sen egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz», deydi», deb aytdilar. Termiziy rivoyatlari. 885/12. Ummu Habibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolasining har bir so‘zi uning foydasiga hal bo‘lmaydi. Faqatgina yaxshilikka buyurgan va yomonlikdan qaytargan yoki Allohni zikr qilganigina foydasiga hal bo‘ladi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 886/13. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta, u Alloh oson qilgan kishiga yengildir», deb, so‘ngra: «Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan», dedilar. Va yana u zot: «Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv olovni o‘chirgandek o‘chiradi. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling