Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyatlar). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘qqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘kqisi jihoddir», dedilar. Yana u zot: «Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Bas, u zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham so‘roq qilinamizmi?» desam, u zot: «Onang bolasiz qolgur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari aytgan narsalar sababidandir», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 887/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyliligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 888/15. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki gapirmasdan jim tursa, najot topadi», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod ila rivoyatp qilganlar. Men bu hadislarni mashhur bo‘lgani uchun bayon etdim. Zikr qilganimga o‘xshash sahih hadislar ko‘p. Kifoya qilguliklariga ishora etdim. Inshaalloh, «G’iybat» bobida batafsil keladi. Ammo bu bobga tegishli salaflardan kelgan asarlar juda ko‘p. Utgan hadislar oldida bularga hojat yo‘q. Lekin ko‘z yugurtirib chiqish uchun ulardan ham keltirib o‘taman. Bizga yetib kelgan xabarda aytilishicha, Qass ibn So’ida va Aksam ibn Sayfiy bir yerga to‘planib, biri ikkinchisiga: «Odam bolasidagi ayblardan qanchasini topding?» deganida, sherigi: «Sanog‘i yo‘q, sanaganim sakkiz mingta ayb chikdi. Ammo unda bir xislat bor. Agar o‘sha xislatni qattiq ushlasa, ayblarining hammasi yopiladi», dedi. «U nima?» deb so‘raganida, «Tilni saqlash», deb javob qildi. Abu Ali Fuzayl ibn Iyozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim so‘zini amalidan sanasa, befoyda so‘zlari kamayadi», dedilar. Imom Shofe’iy sheriklari Rabiy’ga: «Ey Rabiy’, befoyda so‘zni gapirma. Agar sen ana shunday so‘z gapirib ko‘ysang, u senga ustingdan molik (ega) bo‘ladi, sen uni ustidan ega bo‘la olmaysan», dedilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Tildan ko‘ra biror narsa tutqunda ushlashga haqli emas», dedilar. Yana u zot: «Tilning misoli xuddi yirtqichga o‘xshaydi. Agar uni mahkamlamasang, o‘zingga dushmanlik qiladi», dedilar. Ustoz Abulqosim Qushayriy mashhur risolalarida quyidagilarni aytdilar: «Jim turishning asli omonlikdir. Xuddi nutq o‘z o‘rnida eng sharafli xislat bo‘lganidek, vaqtida sukut qilish ham kishilarning sifatlaridandir». Abu Ali Daqqoq: «Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir», dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling