Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parvardigoro
www.ziyouz.com kutubxonasi
255 Fasl: Biror narsa sababli yomg‘ir yog‘di. Albatta buning yog‘diruvchisi bulut yoki yulduzdir, deb e’tiqod qilsa, bas, u kufrlikdir. Agar albatta bu yomg‘irning yog‘diruvchisi Alloh, anavi zikr qilingan narsa esa, yomg‘ir yog‘ishi uchun alomat, xolos, deb e’tiqod qilsa, kufr bo‘lmaydi. Lekin johiliyatda iste’mol qilingan lafzni ishlatgani uchun bu karih ko‘rilgan narsadir. Biz bu haqda yomg‘ir yog‘ayotganda aytiladigan narsalar bobida zikr qildik. Fasl: «Agar bunday qilsam, yahudiy yoki nasroniy bo‘lay» yo «Islomga aloqasizman» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytib, Islomdan chiqish haqiqatini iroda qilsa, ana shu holda kofir bo‘lib, unga murtadlik hukmi yuritiladi. Agar bunday deyish bilan Islomdan chiqishni iroda qilmasa, kofir bo‘lmaydi. Lekin harom ishni bajargani uchun tavba qilishi vojib bo‘ladi. Usha paytdayoq gunohdan to‘xtab, qilgan narsasiga pushaymon bo‘ladi, unga aslo qaytmaslikka qasd qilib, istig‘for aytadi, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», deb aytadi. Fasl: Musulmon kishini «Ey kofir», deb aytmokdik dahshatli harom amallardandir: 941/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodariga «Ey kofir», desa, batahqiq, u ikkovlaridan birlariga qaytadi. Agar aytganidek bo‘lsa, o‘sha aytilganga, unday bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 942/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Kimki bir kishini kofir yoki Allohning dushmani, deb chaqirsa-yu, u narsa o‘sha kishida bo‘lmasa, u o‘ziga qaytadi», deganlarini eshitdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Agar musulmon boshqa bir musulmonga nisbatan «Allohim, undan imonni tortib ol», desa, shu gapi bilan osiy bo‘ladi. Mana shu duoning o‘zi bilan duo qiluvchi kofir bo‘ladimi? Bunda ikki xil fikr bor: Qozi Husayn fatvolariga ko‘ra kofir bo‘lmaydi. Bunga Muso alayhissalomdan xabar berilgan Allohning so‘zi hujjat qilinadi. «Parvardigoro, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling