Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
262
omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini
tanituvchiga yoki uni duo
qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi
bunday
manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan.
963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday
emas. Mujohir shunday bir kishiki, u
kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong
ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi,
unday va bunday
qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan
pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li
yoxud dastyoriga
amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i
haromdir. Bu haqda Alloh taolo:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz,
Do'stlaringiz bilan baham: