Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
 
To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom 
adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal. 
 
Beshinchisi, Alloh taoloning «Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 
195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham 
zaif ko‘rinishdagisidir. 
 
Fasl: Agar musulmon kishi kofirni Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat 
kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki 
uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon 
bo‘lmaydi. Chunki biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri 
emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir», 
deyilgan. 
 
Fasl: Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu, hikoya tarzida 
masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb 
aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki 
shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin, 
desa-yu, kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida 
bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi. 
Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan. 
 
Fasl: Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb 
aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb 
aytiladi. 
 
Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna» kitoblarida keltirishlaricha
musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa, 
musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul 
mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan 
oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir. 
 
Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb 
atalinmaydi. Chunki Alloh taolo: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman» 
(Baqara surasi, 30-oyat) va «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik», 
deb aytgan (Sod surasi, 26-oyat). 
 
Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. Bir kishi Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ya xalifatulloh», 
ya’ni «Ey Allohning xalifasi», deganida, bu zot: «Men Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning xalifalariman. Men mana shu bilan roziman», dedilar. 
 
Bir kishi Umar ibn Abdulazizga (r.a.) «Ya xalifatulloh», deganida, bu zot: «Senga voy 
bo‘lsin. Sen ancha yiroq so‘zlarni ishlatding. Onam meni Umar, deb ismlagan. Agar meni 
shu ism bilan chaqirsang, buni qabul qildim. So‘ngra ulg‘aydim. Bas, Abu Hafs, deb 
kunyalandim. Agar mana shu kunya bilan meni chaqirsang, qabul qildim. So‘ngra sizlarni 
ishlaringizga boshliq bo‘ldim. Bas, meni amirul mo‘minin, deb ismladinglar. Agar meni 
mana shu atama bilan chaqirsang, kifoya qiladi», dedilar. 
 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling