Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
265 sahobalar: «Ey Rasululloh, sergap va axloqsiz so‘zlarni aytuvchini bildik. Ammo mutafayqihlar, deganingiz kim?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mutakabbirlar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Bilingki, xutba va mav’izalarda agar haddan oshishlik bo‘lmasa, lafzlarni chiroyli qilishning yomonlangan joyi yo‘q. Chunki bundan maqsad qalblarni Allohning toatiga qiziqtirish hamda qalbga ta’sir o‘tkazishdir. Fasl: Xufton namozini o‘qigan kishi bu paytdan tashqari gapirilishi muboh bo‘lgan so‘zlarni gapirmoqligi karih ko‘rilgan. Ammo bu paytdan tashqarida ham harom yoki makruh bo‘lgan so‘zlarni gapirmoq karohiyati va haromligi undan ham qattiqdir. Ammo yaxshi narsalarni so‘ylash, masalan, ilm takrorlash, solihlar hikoyasini va yaxshi axloqli so‘zlarni gapirish hamda mehmon bilan suhbatlashishning karohiyati yo‘q. Balki u mustahab hamdir. Bunga sahih hadislar keltirilgan. Shu singari favqulodda bo‘ladigan uzr sababidan so‘zlashishning zarari yo‘q. Bu zikr qilganlarimning hammasiga mashhur hadislar bor. Men ulardan ba’zisiga qisqa holatda ishora qilib, ko‘pini ifoda etaman: 971/38. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftondan oldin uyquni va undan keyin so‘zlashishni karih ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ammo yuqoridagi paytlarda so‘zlashishga ruxsat etilgani ham ko‘p: 972/39. Ibn Umardan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarining oxirida xufton namozini o‘qib, so‘ng salom berdilar-da, «Sizlarga bu kechaning xabarini beraymi? Yuz yildan keyin bugun yer yuzida bo‘lganlardan birortasi qolmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 973/40. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga salla o‘radilar-da, hattoki qorong‘u tushdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga namoz o‘qib berdilar. Qachonki, namoz tamom bo‘lgandan keyin o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga «Osoyishta bo‘linglar, men sizlarga ta’lim beraman. Xursandlik xabarini beringlar, albatta sizlardan boshqa biror kishi bu soatda namoz o‘qimayapti. Shunday bo‘lishi Allohning sizlarga bergan ne’matidandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 974/41. Anasdan (r.a.) qilingan rivoyatda sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishlarini kutdilar. Bas, u zot kechaning yarmiga yaqin qolganda keldilar. Ularga xufton namozini o‘qib berdilar. So‘ngra xutba aytib, «Ogoh bo‘linglar, albatta kishilardan namoz o‘qib joylariga yotganlari bor. Sizlar esa namozni kutib namozdasizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Ibn Abbosdan (r.a.) qilingan rivoyatda bu zot xolalari Maymunaning (r.a.) uylarida yotganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftonni o‘qidilar-da, so‘ngra uyga kirib, «Bolakay uxladimi?» deb ahllariga gapirdilar. Va yana Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) qilgan rivoyatlaridagi mehmonlar qissasida «U zot to‘xtalib, hattoki xuftonni o‘qidilar. So‘ngra kelib, ular bilan gaplashdilar va xotinlari hamda o‘g‘illari bilan gaplashdilar. Va ularning so‘zlashuvlari takror-takror bo‘ldi», deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling