Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Ulamolardan bir jamoasi ba’zi lafzlar karih ekanini aytsa-da, u so‘zlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
336-bob Ulamolardan bir jamoasi ba’zi lafzlar karih ekanini aytsa-da, u so‘zlar
aslida karohiyatli emasligi haqida Bilingki, botil so‘z bilan g‘ururlanmaslik hamda uni ta’vil etmaslik uchun bu bobni zikr qilish ehtiyoji bor. Bilingki, shariat ahkomlari beshtadir: 1) Iyjob (vojib, qilinishi shart). 2) Nadab (tavsiya qilingan). 3) Tahrim (harom, qaytarilgan). 4) Karoha (makruh, karih ko‘rilgan). 5) Iboha (muboh). Bulardan birortasi dalilsiz hujjat bo‘lmaydi. Shariat dalillari esa ma’lumdir. Dalili yo‘q narsaga murojaat ham qilinmaydi. Va javobiga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Chunki u hujjat bo‘lolmaydi. Shu bilan birga ba’zi bilimdon ulamolar bu kabi narsalarda uning botilligiga dalil keltirib zikr qilishadi. Karih ko‘rilgan, deb aytuvchini «karih ko‘rilgan emas» yoki «ular botildir» yo shunga o‘xshash ularning ziddiga iboralarni aytishdan maqsadim uning botil ekaniga dalil keltirishning ehtiyoji yo‘q ekanini bildirishdir. Agar men ham dalil keltirsam, unda ular kabi bilimdonlardan bo‘lib qolaman. Bu bobni qayd qilishimdan maqsadim xato bilan to‘g‘rini ajratish va bu botil so‘zlarni qo‘shuvchilar ulug‘liklari bilan g‘ururlanmasliklari uchundir. Bilingki, ba’zi lafzlarni makruh, deb aytuvchilarning obro‘lari ketib qolmasligi uchun va yomon gumon qilinmasligi uchun ularni nomma-nom keltirmayman. Bu yerda maqsad ularni yomonlash emas. Balki ulardan naql qilingan botil so‘zlardan ogoh etish, xolos. Xoh u naql qilingan narsa sahih bo‘lsin yoki sahih bo‘lmasin. Agar sahih bo‘lsa, bilganingizdek, ularning obro‘lariga ziyon keltirmaydi. Ana shulardan biri Abu Ja’far Nahhos «Sharhi asmoullohi taolo subhanahu» nomli kitoblarida: «Ulamolar «Tasaddaqallohu ‘alayka», ya’ni «Alloh senga sadaqa qilsin», deb aytmoqni karih ko‘rishgan. Chunki sadaqa beruvchi savobni umid qiladi. (Alloh bundan munazzahdir)», deb aytgan so‘zlaridir. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hukm ochiqcha xato bo‘lib, xunuk johillikdir. Dalil keltirish esa undanda qattiqroq buzuqlikdir. Chunki «Sahihi Muslim»da keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozning qasr |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling