Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
274 qilinishi haqida «U Allohning sizlarga in’om etgan sadaqasi bo‘lib, uni qabul qilib olinglar», deganlar. Fasl: Nahhosning aytishicha, «Allohumma a’tiqniy minan nar», («Allohim, meni do‘zaxdan ozod qilgin»), deb aytmoqlik makruhdir. Chunki savobni talab qilgan kishigina ozod qiladi. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu dalil va da’volar shar’iy hukmlarga nisbatan eng xunuk xato va johillikdir. Agar Alloh maxluqotidan xohlagan kishisini ozod qilishi haqidagi hadislarni keltirsam, kitob malol keladigan darajada uzayib ketadi. Masalan, «Kimki biror qulni ozod qilsa, Alloh taolo uning har bir a’zosini do‘zaxdan ozod qiladi» va «Boshqa kunlarga qaraganda arafa kunida Alloh taolo bandasini do‘zaxdan ozod qilganidek ko‘p ozod qilmaydi», deb keltirilgan. Fasl: Ba’zilarning fikrlaricha, «Allohning ismi ustiga unday qil», deb aytmoq makruhdir. Chunki Allohning ismi har bir narsaning ustigadir, deyilgan. Qozi Iyoz va boshqalar bu so‘z xato ekanini aytib, isboti uchun sahih hadislar keltirishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik haqida sahobalariga «Allohning ismi ustiga qurbonlik qilinglar», ya’ni «Allohning ismini aytib qurbonlik qilinglar», deb aytganlar. Fasl: Va yana ana shulardan Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan rivoyat qilgan quyidagi so‘zlari bor: «Faqih, adib va ulamolar «Jama’allohu baynana fiy mustaqarri rohmatihi» («Alloh oramizni rahmati qaror topadigan joyda jamlasin»), deb aytma! Chunki Allohning rahmati qaror topuvchi joy bo‘lishdan kengroqdir. Va yana «Irhamna birohmatika» («Rahmating bilan bizga rahm qil»), deb aytma, deganlar». Imom Navaviyning aytishlaricha, bu keltirilgan ikki lafzning hujjati va dalili borligini bilmaymiz. Chunki rahmat qaror topadigan joy aytuvchining maqsad qilgani jannatdir. Ma’nosi: joylashib va o‘rnashib hamda qaror topiladigan makon bo‘lgan jannatda oramizni jamlagin. Albatta bu yerga kiruvchilar Allohning rahmati bilan kirishadi. So‘ngra kim u yerga kirsa, unda abadiy qaror topib, yomon hodisa va g‘amginliklardan omonda bo‘ladi. Bularning barchasi Allohning rahmati bilan hosil bo‘ladi. Go‘yoki «Rahmating bilan yetishadigan makonda oramizni jamlagin», deganga o‘xshashdir. Fasl: Yana Nahhosning aytishicha, «Tavakkaltu ‘ala robbiy robbil kariym» («Saxiylarning Rabbisi bo‘lgan Rabbimga tavakkal qildim»), deb bo‘lmaydi. Balki «Tavakkaltu ‘ala robbil kariym» deyishlik joiz. Imom Navaviyning aytishlaricha, buning ham asli yo‘qdir. Fasl: Nahhos Abu Bakrdan rivoyat qilishlaricha, «Allohumma ajirna minan nar» («Allohim, do‘zaxdan bizni himoya qil») va «Allohumma urziqna shafoatan nabiy» («Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari bilan bizni rizqlantir»), deb aytmaslik darkor. Chunki do‘zax vojib bo‘lganlarga shafoat qilinadi, deb aytilgan. Imom Navaviyning aytishlaricha, bu ham ochiq-oydin johillik va xatoning o‘zginasidir. Agar bu xatolar bilan g‘ururga ketishning xavfi bo‘lmaganda va tasnif qilingan kitoblarda bu narsalar zikr etilmaganida, hikoya qilishga jur’at eta olmasdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlarini va’da qilib, komil mo‘minlarni targ‘ib etgan qanchadan- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling