Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 277 DUOLARNI JAMLOVCHI KITOB 337-bob Hamma vaqtlarda muhim va mustahab bo‘lgan duolar Bilingki, bu kitobni yozishdan maqsadimiz hamma vaqtlarda mustahab, muhim bo‘lgan duolarni zikr qilishdir. Bilingki, bu bob juda keng bo‘lganidan uni qamrab olish imkoni yo‘qdir. Lekin buning ahamiyatlilariga ishora qilaman. Zikr qilingan duolarning avvali Qur’onda kelgan. Uni Alloh taolo payg‘ambarlar va yaxshilar tilidan xabar bergan. Keyingilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih bo‘lganidir. U zot unga amal qilganlar yoki boshqalarga o‘rgatganlar. Bu qism juda ko‘pdir. Oldingi boblarda ham bu jumlalar keldi. Men undan Qur’onga ko‘shilib kelgan sahihlarinigina zikr qilaman. 994/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Duo - ibodatdir», dedilar. LbuDovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 995/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p narsalarni o‘zida qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 996/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa duodan ko‘ra ikromli narsa yo‘q», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 997/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni g‘amginlik va qiyinchilikda Alloh taolo duosini ijobat etmog‘i xursand qilsa, kengchilikda ham duoni ko‘paytirsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 998/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p (qilib yuradigan) duolari «Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi. (Ma’nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslimning rivoyatlarida: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni xohlasalar, mana shuni aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar, mana shuni aytardilar», ziyoda qilingan. 999/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy as'alukal huda vattuqo val ‘afofa val g‘ina», deb aytardilar (Ma’nosi: Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 1000/7. Toriq ibn Ashim al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar kishi Islomga kiradigan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra mana bu kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar: «Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va ofiniy varzuqniy» (Ma’nosi: Allohim, meni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling