Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
279 Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a’lantu vama anta a’lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay'in qodir». (Ma’nosi: Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1006/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a’mal», deb aytardilar (Ma’nosi: Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning yomonidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 1007/14. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi. «Allohumma inniy a’uzu bika min zavoli ni’matika va tahavvuli ‘ofiyatika va faj'ati niqmatika va jamiy’i suxtika». (Ma’nosi: Allohim, bergan ne’mating zavol bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki g‘azabingdan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 1008/15. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni, val buxli val hammi va ‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakkaha anta valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a’uvzu bika min ‘ilmin la yanfa’u va min qolbin la yaxsha’u vamin nafsin la tashbau’ va min da’vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, g‘amdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini bergin va uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘sti va xojasisan. Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 1009/16. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ihdiniy va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat qil va sobitqadamlikda qil»), deb ayt, dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda «Allohumma inniy as'alukal huda vassadoda» bo‘lib kelgan. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan hidoyatni va sobitqadamlikni so‘rayman.) 1010/17. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir a’robiy kelib, «Ey Allohning rasuli, menga bir kalom o‘rgatingki, uni aytib yurayin», deganda, u zot: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling