Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
278 mag‘firat qilib, rahm aylab, hidoyat qilib, ofiyat etib, rizqlantirgin.) Imom Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning Toriqdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib, «Ey Rasululloh, Rabbimdan so‘ragan paytimda qanday qilib aytaman?» deganda, u zot: «Allohumma ig‘fir liy varhamniy, va ofiniy varzuqniy», deb aytgin. Chunki mana shu kalimalar, dunyoing va oxiratingni jamlovchidir», dedilar (ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni ofiyatda qil va rizqlantir). 1001/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to’atika», deb aytardilar (Ma’nosi: Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin.) Imom Muslim rivoyatlari. 1002/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar)ning yomonidan va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, ya’ni «A’uvzu billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va suv'il qazo va shamotatil a’doi», deb duo qilinglar, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1003/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va a’uvzu bika min ‘azobil qabri vaa’uvzu bika min fitnatil mahya val mamoti», boshqa rivoyatda «Va zila’iddayni va g‘alabatir rijal», deb aytardilar (ma’nosi: Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, ko‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan, tirik va o‘liklar fitnasidan hamda qarz yukidan va kishilarning g‘olib kelishidan panoh tilayman). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1004/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt, dedilar (ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. Uzingning huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1005/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duo bilan iltijo qilardilar: «Allohumma ig‘firliy xatiy'atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a’lamu bihi minniy, Allohumma ig‘fir liy jaddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika ‘indiy, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling