Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Quyosh chiqqanda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
53-bob. Quyosh chiqqanda aytiladigan zikrlar 207/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh chiqsa: «Alhamdu lillahillaziy jallalanal yavma ‘afiyatahu va jaa bish shamsi min matla’iha. Allohumma asbahtu ashhadu laka bima shahidta bihi linafsika va shahidat bihi malaikatuka va hamalatu ‘arshika va jamiy’u xolqika annaka antallohu la ilaha illa antal qoimu bilqist, la ilaha illa anta ‘aziyzul hakiym. Uktub shahadatiy ba’da shahadati malaikatika va ulil ‘ilm. Allohumma antas salamu va minkas salamu va ilaykas salamu as`aluka ya zal jalali val ikromi an tastajiyba lana da’vatana va an tu`tiyana rog’batana va an tug’niyana ‘amman ag’naytahu ‘anna min xolqik. Allohumma aslih liy diyniyallaziy huva ‘ismatu amriy va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’iyshatiy va aslih liy axirotiyallatiy ilayha munqolabiy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bugun bizga ofiyatini buyuk etgan va quyoshni chiqadigan tarafidan keltirgan Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, tong ottirdim va o’zingga guvohlik bergan narsangga, farishtalaring, arshingni ko’tarib turuvchilar va Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 59 butun maxluqotlar guvohlik bergan narsalarga guvohlik beraman. Albatta, Sen Allohsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Sen odillik bilan turuvchi zotsan. Aziz va hakim sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q. Farishtalaring va ilm egalari shahodatlaridan keyin mening shahodatimni ham yoz. Ey Rabbim, Sen salom sifatli Zotsan. Salom Sendandir. Salom Senga qaytajakdir. Ey ulug’ va hurmatli Zot, Sendan duolarimizning ijobat bo’lishini, rag’batlarimizning hosil bo’lishini va maxluqlaringning behojatlari qatori bizlarni ham behojat qilishingini so’rayman. Ey Rabbim, ishlarimning poklaguvchisi bo’lgan dinimni isloh qil, yashashim unda bo’lgan dunyoimni isloh qil va qaytishim unga bo’ladigan oxiratimni ham isloh qil.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 208/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot quyosh chiqishini kuzatishga bir kishini tayinlar edilar. Ana shu kishi quyosh chiqqanining xabarini bersa: «Alhamdu lillahillaziy vahaba lana hazal yavma va aqolana fiyhi min asarotina», deb aytardilar. (Ma’nosi: Bizga bu kunni bergan va xatolarimizni afv etgan Allohga hamdlar bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling