Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 gapirgan bo’lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so’zlaridan uning tag’in kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo’yib yubor, bolalarim ko’p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, yana qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini aytgan edi, rahm qilib qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga yolg’on gapiryotgan bo’lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va: «Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo’yib yubor, agar qo’yib yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o’rgatib qo’yaman, u bilan Alloh senga naf beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», dedi, so’ng men uni qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechagi asiring nima qildi?» deb so’radilar. Men: «Ey Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o’rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zi yolg’onchi bo’lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo’q», dedim. «U shayton edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari 225/9. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishni xohlasalar, o’ng qo’llarini chakkalarining tagiga qo’yib: «Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadak», deb uch marta aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim bandalaringni qayta tiriltiradigan kundagi azobingdan saqla.) Abu Dovud rivoyatlari 226/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar: «Allohumma robbas samavati va robbal arzi va robbal ‘arshil ‘aziym, robbana va robba kulli shay`in. Faliqul habbi van nava munazzilut Tavroti val Injiyli val Qur’an. A’uzu bika min sharri kulli ziy sharrin anta axizun binasiyatih, antal avvalu falaysa qoblaka shay`un va antal axiru falaysa ba’daka shay`un va antazzohiru falaysa favqoka shay`un va antal batinu falaysa dunaka shay`un iqzi ‘annad dayna vag’nina minal faqr», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yeru osmonning va ulug’ arshning parvardigorisan. Ey Rabbimiz, Sen hamma narsaning tarbiyakunandasisan, urug’, danaklarning yoruvchisisan. Tavrot, Injil va Qur’onni tushirgan zotsan. (Bandalaringning) peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonlikning har qanaqasidan Sening noming ila panoh tilayman. Ey Alloh, Sen avvalsan, Sendan oldin biror narsa yo’q. Va Sen oxirsan, Sendan keyin biror narsa yo’q. Sen zohirsan, Sening ustingda biror narsa yo’q. Sen botinsan, Sening pastingda biror narsa yo’q. Ey Rabbim, qarzlarimni mendan yech, kambag’allikdan meni behojat qil.) Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling