Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 227/11. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom o’rinlariga yotayotgan paytlarida: «Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va kalimatikat tammah, min sharri ma anta axizun binasiyatihi, Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sam, Allohumma la yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd. Subhanakallohumma va bihamdik», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, karim sifatli yuzing bilan va mukammal kalimalaring bilan (bandangning) peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonliklardan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen ziyon va gunohlarni ochuvchi zotsan. Ey Rabbim, Sening askarlaring yengilmaydi, va’dang xilof qilinmaydi. Buyuklik Sendandir. Boshqaning buyukligi foyda bermaydi. Ey Rabbim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod eturman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati 228/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotadigan bo’lsalar: «Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman la kafiya lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya qilgan va boshpana bergan Allohga hamd bo’lsin. Qanchadan-qancha kishilarning saqlaguvchisi va boshpana berguvchisi yo’q.) Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari 229/13. Abu Zuhayr Anmoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom kechasi joylariga yotsalar: «Bismillahi vazo’tu jambiy, Allohummag’fir zanbiy va axsi’ shaytoniy va fukka rihaniy vaj’alniy fin nadiyyil a’la», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, gunohlarimni kechir, shaytonimni hayda, garovdagi narsalarimni yech va meni oliy jamoalar (ya’ni, farishtalar) majlisida qil.) Abu Dovud rivoyatlari 230/14. Navfal Ashjaiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Uxlashga shaylanganingda, «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qi, shirkdan seni uzoq qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari Abu Ya’lo Mavsiliyning «Musnad»larida Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga shirk keltirishdan saqlaydigan kalimalarni o’rgataymi? Uxlashga shaylangan paytingizda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qinglar», deganlar. 231/15. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlashdan oldin «Sabbaha, yusabbihu, subhana»lar bilan boshlanadigan suralarni o’qiganlar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 232/16. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Isroilga taalluqli suralarni va Zumarni o’qimagunlaricha uxlamas edilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 233/17. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishga shaylansalar: «Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy va at’amaniy va saqoniy vallaziy manna ‘alayya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling