Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 Ali (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan beri ularni aytishni tark qilganim yo’q», degan edilar, «Siffin kechasida ham tark qilmadingizmi?» deb so’rashdi. «Yo’q», dedilar Ali (r.a.). 219/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi to’shakka yotayotganida ko’rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So’ng: «Bismika robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo’yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 220/4. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar, qo’llariga suflab, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qir, so’ng tanalariga surtar edilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 221/5. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar ko’rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qib, qo’llari yetgan joylarigacha surtar edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining old tomonidan boshlab uch martadan bajarardilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 222/6. Abu Mas’ud Ansoriy Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, kim ularni kechasi o’qisa, o’sha kecha ofatlardan unga kifoya qiladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 223/7. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar to’shagingga kelsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, so’ng o’ng tomoningga yonboshlab: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, rog’batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta fain mitta mitta ‘alal fitroh», deb ayt. Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo’lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag’bat qilib, g’azabingdan qo’rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo’q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg’ambarlaringga iymon keltirdim. Jonimni oladigan bo’lsang, islom fitratida ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 224/8. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ramazon zakotiga qo’riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U : «Bolalarim ko’p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo’yib yubordim. Tong ottirganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini aytgan edi, unga rahm qilib, qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg’on |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling