Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 faafzola vallaziy a’toniy faajzala. Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal. Allohumma robba kulli shay`in va maliykahu va ilaha kulli shay`in. A’uzu bika minan nar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Menga kifoya qilgudek narsa va maskan bergan, meni taomlantirgan, sug’organ va menga afzal narsalarni berib, to’la-to’kis qilgan Allohga hamd bo’lsin. Har qanday holatda Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, Sen har bir narsaning tarbiyachisi, moliki va har bir narsaning ilohisan. Sening noming ila do’zaxdan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 234/18. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga yotayotgan paytda: «Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubi ilayh», deb uch marta aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha yoki yulduzlar adadicha yoki bir-biriga jips qumlar sonicha yoki dunyo kunlarining adadicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 235/19. Sahobalardan biri aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o’tirgan edim, bir sahobiy kelib: «Ey Rasululloh, mana shu kecha chayon chaqib olib, tong otgunigacha uxlaganim yo’q», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kech kirganida: «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, inshaalloh, biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari ila U xalq qilgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 236/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga vasiyat qilaturib: «To’shagingga yotsang, Hashr surasini o’qi. Agar shu kuni o’lsang, shahid holatda o’lasan yoki jannat ahlidan bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 237/21. Ibn Umar (r.a.) bir kishiga: «To’shakka yotayotganingda: «Allohumma anta xolaqta nafsiy va anta tatavaffaha, laka mamatuha va mahyaha, in ahyaytaha fahfazha va in amattaha fag’fir laha, Allohumma inniy as`alukal ‘afiyah», deb ayt, bu duoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen mening nafsimni xalq qilding va Sen uni o’ldiruvchisan. Uning tirikligi ham, o’limi ham Sening qo’lingda. Agar uni tirik qo’ysang, muhofaza qil. Agar o’ldirsang, mag’firat et. Ey Rabbim, Sendan ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 238/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalima o’rgating, men uni ertalab va kechqurun aytib yuray», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, Ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkih», deb erta tongda, kech kirganda va joyingga yonboshlab yotganingda ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Rabbim, ey g’oibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan, shaytonning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling