57-bob. Shom azonini eshitganda aytiladigan duo
212/1. Ummu Salama (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alay-hissalom menga shomga azon
aytilganida,
«Allohumma haza iqbalu laylika va idbaru naharika va asvatu du’atika fag’firliy», deb
aytishni o’rgatdilar». (Ma’nosi: Allohim, bu (shom azoni) kechangning kelishi,
kunduzingning ketishi, Senga duo qiluvchilarning ovozidir. Bas, Mening gunohlarimni
kechir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
58-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar
213/1. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam shom namozidan forig’ bo’lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o’qir, so’ngra:
«Ya muqollibal qulubi val`absor, sabbit qulubana ‘ala diynik», deb duo qilardilar.
(Ma’nosi: Ey qalb va ko’zlarni o’zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.) Ibn
Sunniy rivoyatlari
214/2. Ammora ibn Shubayldan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kim shom namozidan keyin o’n marta
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyiy va
yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Alloh taolo unga qo’riqchilarni
yuboradi. U qo’riqchilar uni subhgacha kafillikka oladilar va Alloh unga o’nta yaxshilik
yozadi, o’nta yomonlikni o’chiradi, unga o’nta mo’min qul ozod qilganning savobini
beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
61
Do'stlaringiz bilan baham: |