Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Download 48.75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 kuni ular orasida hukm chiqargunga qadar ularni o‘z hollariga qo‘yinglar! Alloh taolo qudsiy hadisda: «Bandalarimni men Qiyomat kupi ular o‘rtasida hukm chiqarmagunimcha va ularni o‘z qarorgohlariga joylashtirmagunimga qadar, ularni sizlar Jannat yoki Do‘zaxga tushirmanglar!» -- deb buyurgan (Hasandan rivoyat qilingan). Savol: — Qotilning orqasida namoz o‘qib bo‘ladimi? Javob: — Har bir yaxshi yoki yomon imomning orqasida namoz o‘qish joizdir. Sening savobing o‘zingga va uning gunohi o‘zigadir. Savol: — Qilich ko‘tarib odamlarga qarshi chiqqan, ularni o‘ldirgan va ularni xo‘rlagan toifa to‘g‘risida aytib bering-chi. Javob: -- Ular turli-tuman guruhdirlar, ularning barchasi ham do‘zaxiylardir. Payg‘ambarimizdan, alayhissalom, Abu Hurayra ushbu hadisni rivoyat qilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: - Isroil avlodlari yetmish ikki firqaga bo‘linib ketgan edilar. Mening ummatim yetmish uch firqaga bo‘linib ketajaklar. Ulardan «as-Savod al-A’zam» (ahli jamoa)dan bo‘lak hammasi do‘zaxiydirlar. Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: - Islomga yangilik olib kirgan halokatdadir, bid’atni olib kirgan esa zalolatdadir, zalolatda bo‘lgan odam esa do‘zaxiydir. Yana Ibn Abbos rivoyat qiladilarki, bir odam Payg‘ambarimiz alayhissalom oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, menga ta’lim bering», dedi. U zot: «Bor, Qur’onni o‘rgangin», deb uch marta takrorladilar va to‘rtinchisida: - Haq, sen yaxshi ko‘radigan odamdanmi yoki yomon ko‘radigan odamdanmi, bundan qat’i nazar, unga yuzlan, Qur’onni o‘rgan, u qaysi tomonga moyil bo‘lsa, sen ham o‘sha tomonga moyil bo‘l! — dedilar. Ibn Mas’ud rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: - Ishlarning eng yomoni dinga kirib qolgan yangiliklardir, har bir yangilik bid’atdir, har bir bid’at esa zalolatdir va har bir zalolat esa Do‘zaxga mahkumdir. Alloh taolo oyatda: «unga fisqu fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo‘ygan...» (Shams, 8, mazmuni), «Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo‘ldan ozdirdi...» (Toha, 85, mazmuni) — deydi. Download 48.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling