Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Savol: —
Alloh kofirlarni, ularni yaratishdan rozi bo‘lgani uchun azoblaydimi yoki ularni
yaratishdan rozi bo‘lmagani uchun azoblaydimi?
Javob: — Alloh ularni yaratishga rozi bo‘lgani uchun ularni azoblaydi.
Savol: — Nega?
Javob: - Chunki Alloh
kufr uchun ularni azoblaydi, U kufrni yaratishdan rozi bo‘lgan,
ammo aynan kufrning o‘zidan rozi bo‘lmagan.
Savol: Allohning «...U O’z bandalarining kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas...» (Zumar, 7,
mazmuni), degan so‘ziga nima deysiz?
Javob: — Alloh bandalarga kufrni xohlaydi, ammo unga rozi bo‘lmaydi.
Savol: — Nega?
Javob: —
Chunki Alloh Iblisni yaratdi, uni yaratishga rozi bo‘ldi, ammo Iblisning aynan
o‘zidan rozi bo‘lmadi. Aroq va to‘ng‘izlar ham shunga o‘xshash.
Alloh ularni yara-tishga
rozi bo‘lgan, ammo ularning aynan o‘zidan rozi bo‘lmagan. Agar Alloh aroqning aynan
o‘zidan rozi bo‘lganida edi, uni ichgan odam go‘yo Alloh rozi bo‘lgan
narsani ichgan
bo‘lardi. Alloh aroqdan ham,
kufrdan ham, Iblis va uning qilmishlaridan ham rozi
bo‘lmaydi. Lekin Alloh Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan rozidir.
Savol: — Yahudiylar: «Allohning «yadi» bog‘liq (baxil)...» (Moida, 64, mazmuni), —
deganlarida, Alloh ularning shunday deyishlaridan rozi bo‘lganmi?
Javob: — Yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: