Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Download 48,75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
XOHISH BOBI
Savol: — Alloh taolo odamlarni ular xohlamagan narsaga buyurganmi? Va Alloh biror narsani xoxlagan-u, ammo uni qilishni odamlarga buyurmaganmi? Javob: — Ha. Savol: — Nima u? Javob: — Alloh kofirga Islomni qabul qilishni buyurgan, ammo kofir Islomga kirishini xohlamagan, U kofirlarga kufrni xohlagan, lekin ularni kufr qilishlikka buyurmagan. Savol: — Alloh rozi bo‘lgan, ammo uni odamlarga buyurmagan narsa bormi? Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Javob: — Ha, u nafl ibodatlardir. Savol: — Alloh rozi bo‘lmagan narsani odamlarga buyurganmi? Javob: — Yo‘q. Savol: — Nega? Javob: — Chunki Alloh taolo nimani buyurgan bo‘lsa, undan rozidir. Savol: — Alloh bandalarni rozi bo‘lgan narsasi uchun azoblaydimi yoki rozi bo‘lmagan narsa uchun azoblaydimi? Javob: — Alloh bandalarni rozi bo‘lmagan narsa sababli azoblaydi. Chunki Alloh ularni kufr va gunohlari uchun azoblaydi. Kufr va gunohdan esa Alloh rozi emas. Savol: — Alloh bandalarga iroda qilgan narsa uchun azob beradimi yoki iroda qilmagan narsa uchun azob beradimi? Javob: — Alloh bandalarga iroda qilgan narsa uchun azob beradi. Chunki Alloh ularni kufr va gunohlari uchun azob beradi. Alloh kofir uchun kufrni, gunohkor uchun gunohni iroda etdi. Savol: — Alloh ularni Islomni qabul qilishga buyurib, so‘ngra ularga kufrni iroda etdimi? Javob: — Ha. Savol: — Allohning irodasi amridan oldin bo‘ladimi yoki Allohning amri Uning irodasidan ilgari bo‘ladimi? Javob: — Allohning irodasi Uning amridan oldin bo‘ladi. Savol: — Allohning xohishi Uning roziligimi yoki yo‘q? Javob: — Allohning xohishi va Uning rizosi bilan ish qilganidan Alloh rozi bo‘ladi. Kim Allohning xohishi, toati va buyurganlarini qilsa, Allohning roziligi va adli bilan ish qilgan bo‘ladi. Kim Allohning xohishi va buyurmaganlarini qilsa, Allohning roziligi bilan ish qilmagan bo‘ladi, lekin gunoh qilgan bo‘ladi, gunoh qilish Allohning roziligi emasdir. Download 48,75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling