Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Javobgarlik, vakolatlar va axborot almashish. Javobgarlik va


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

6. Javobgarlik, vakolatlar va axborot almashish. Javobgarlik va 
vakolatlar
Yuqori rahbariyat javobgarlik va vakolatlami aniqlangan 
bo‘lishi va tashkilot xodimlariga xabardor qilinishni ta’minlashi 
darkor.
Sifat sohasidagi belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur 
bo‘lgan javobgarlik va vakolatlar yuqori rahbariyat tomonidan 
belgilanishi va barcha xodimlarga yetkazilishi va sifatni boshqarish 
tizimi faoliyat yurgazganida xodimlarning o‘zaro aloqasi tartibi 
belgilanishi kerak. Sifatga ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyatda band 
bo‘lgan xodimlar, korxona ishchilarining sifatni boshqarish tizimiga 
jalb qilinishi prinsipini hisobga olgan holda javobgarlik va 
vakolatlar bilan ta’minlanishi kerak.
Yuqori rahbariyat, tashkilotning har bir darajasida barcha 
manfaatdor tomonlarni, ularni javobgarliklari va vakolatlarining 
belgilanganligi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlashi kerak. 
Javobgarlik va vakolatlar to‘g ‘risidagi ma’lumotlar, 
sifatni 
boshqarish tizimining samarali va natijalili joriy qilinishi va ishchi 
holatda tutilishi maqsadida xodimlarga yetkazilishi kerak.
Javobgarliklar, vakolatlar va bo‘linmalar va mas‘ul shaxslar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi hujjatlarda belgilanadi:
tashkilotning tarkibiy tuzilmasi;
yuqori rahbariyatning buyruq va farmoyishlari;
tarkibiy bo‘linmalar to‘g ‘risidagi nizomlar;
lavozim yo‘riqnomalari;
sifat bo‘yicha qo‘llanma; 
sifat tizimi hujjatlari;
ishlarning bajarilishi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
tashkilotning boshqa hujjatlari.
Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashda tashkilotni sifat 
sohasidagi 
maqsadlariga 
erishilishi 
uchun 
javobgarlikni 
taqsimlanishi, javobgarliklarni tashkilot xodimlariga yetkazilishi 
tartibi ko‘zda tutilishi kerak.
96



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling