Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


S  mahsulot va jarayonlar sifat ko‘rsatkichlarini; barcha manfaatdor tomonlarning qoniqishi darajasini; S


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

mahsulot va jarayonlar sifat ko‘rsatkichlarini;
barcha manfaatdor tomonlarning qoniqishi darajasini;
tashkilot faoliyatining o‘z - o‘zini baholash natijalarini; 
raqobatchilarni baholash natijalarini;
faoliyatni baholash uchun nazorat nuqtalarini belgilashni;
mahsulot, jarayonlar, 
menejment tizimini yaxshilash 
imkoniyatlarini;
S
oldingan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur 
resurslarni.
Tashkilotni belgilangan maqsadlariga erishish uchun yuqori 
rahbariyat, bo‘linmalar uchun va tegishli darajalarda, tashkilot 
maqsadlari bilan kelishilgan sifat sohasidagi maqsadlarning
94


belgilanishini 
ta’minlashi 
kerak. 
Belgilangan 
maqsadlarga 
erishilishi uchun javobgarlik aniq belgilanishi kerak.
Tashkilot maqsadlari o‘lchanadigan bo‘lishi kerak. Bu ular yoki 
aniq qiymatlar, yoki 
son qiymati bilan ifodalanmaydigan 
rejalashtirilayotgan samaradorlik bilan tavsiflanishini bildiradi.
Sifat sohasidagi maqsadlar tashkilot sifat dasturlari, sifatni 
oshirish bo‘yicha tadbirlar yoxud tashkilot an’anaviy tarzda ishlab 
chiqadigan, sifatni oshirish, korxonani texnikaviy qayta qurish, 
ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish, 
ta’minotchilar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash, iste’molchilar 
talablarini qondirish bo‘limlari bo‘lgan boshqa dastur hujjatlari 
ko‘rinishidabelgilanishlari mumkin [19].
5. Sifat menejmenti tizimini rejalash
Yuqori rahbariyat:
a) 4.1 bandda bayon qilingan talablarni bajarish va sifat 
sohasida maqsadlarga erishish uchun sifat menedjmenti tizimini 
rejalashni amalga oshirishi;
b) sifat menejmenti tizimini rejalashda va unga o ‘zgartishlar 
kiritishda uning yaxlitligini saqlashni ta’minlashi kerak.
Yuqori rahbariyat korxona sifatni boshqarish tizimini yaratish 
bo‘yicha ishlarni rejalashtirishni, korxona sifatni boshqarish 
tizimiga ISO 9000 seriyali xalqaro standartlari talablariga muvofiq 
amalga oshirishi kerak (sifatni boshqarish tizimini rivojlantirishni 
rejalashtirish sifat dasturiga kiritilishi kerak).
Rahbariyat tomonidan sifatni boshqarish tizimini tahlil qilishda 
tarkibiy tuzilish, tashkilot, jarayonlar faoliyatidagi o‘zgarishlarni 
hisobga olgan holda sifat tizimi faoliyatining samaradorligini 
baholash bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kerak.
Sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish bo‘yicha qabul 
qilinadigan qarorlar, o‘zgarishlarni joriy qilishda amaldagi tizim, 
tashkilotning maqsadlari va vazifalari bilan qarama - qarshiliklarni 
bartaraf qilish yo‘li bilan sifatni boshqarish tizimining butunligi 
saqlanishini kafolatlashi kerak
95



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling