6.6. Iste’molchining niulki
Tashkilotning boshqaruvi ostida turgan yoki u tomondan
ishlatilayotganda
iste’molchining
mulki
haqida
tashkilot
g ‘amxo‘rlik qilib turishi kerak. Tashkilot ishlatish yoki mahsulot
tarkibiga
kiritish
uchun
berilgan
iste’molchining
mulkini
identifikatlashtirishi,
tekshirishi,
saqlanishi
va
himoyasini
ta’minlashi kerak. Agarda iste’molchining mulki yo‘qolgan,
buzilgan yoki ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, bu haqda
zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lishi va bu haqida iste’molchi
xabardor qilingan bo‘lishi kerak.
Izoh:
iste’molchining mulki intellektual mulkni va shaxsiy
ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Iste’molchi o‘z buyurtmasini bajarish uchun o‘z mahsulotini
yetkazib bergan va unga mulkiy huquqini saqlasa, tashkilot bunday
holatlarni tahlil qilishi kerak. Iste’molchi tomonidan taqdim
qilinayotgan u yoki bu mahsulotni iste’molchi mulkiga kiritish
to‘g‘risidagi qaror aw alom bor iste’molchi tomonidan qabul
qilinadi. Iste’molchi mulki aniqlangandan so‘ng uni boshqarish
jarayonining maqsadi bo‘lib, tashkilot tomonidan mahsulot ishlab
chiqarishda qo‘llanilayotgan iste’molchi mulkining himoyasi
hisoblanadi.
Taqdim qilinayotgan mahsulotni tekshirishga (kirish nazorati)
nisbatan iste’molchilarning talablari va ehtiyojlari aniq tushunilishi
kerak. Ko‘p hollarda bu faqat mahsulotning qabul qilinishini amalga
oshirish uchun miqdorini tekshirish yoki tashqi ko‘zdan kechirish,
ba’zi hollarda esa - nazorat va sinash bo‘lishi mumkin.
Tekshirishga nisbatan talablar aw aldan kelishilishi va kontraktda
belgilanishi kerak.
Iste’molchining mulkini boshqarish bo‘yicha barcha sharoitlar
iste’molchi bilan kelishilishi va kontraktda belgilanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |