Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Identifikatlashtirish va kuzatuvchanlik
6.4
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini validatlash (tasdiqlash) Tashkilot keyingi o‘lchashlar va monitoring bilan tekshirib bo‘lmaydigan mahsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tasdiqlashi kerak. Bularga mahsulotni ishlatilishi boshlangandan yoki xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng nuqsonni aniqlanish mumkin bo‘ladigan har qanday jarayonlar tegishli bo‘ladi. Jarayonlarni tasdiqlash ularning rejalashtirilgan natijalarini olish imkoniyatini tasdiqlashi kerak. Tashkilot bunday jarayonlarga nisbatan, shu hisobda, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan holda: a) jarayonlarni tahlil qilish va tasdiqlash uchun ma’lum mezonlar; b) tegishli asbob-uskunalami vaxodimlaming malakasini tasdiqlash; v) aniq usuliyatlar va protseduralarni ishlatish; g) yozuvlarni olib borishga qo‘yiladigan talablar; 120 d) qayta tasdiqlash bilan birga chora-tadbirlarni aniqlashi kerak. Tashkilot maxsus texnologik jarayonlar ro‘yxatini belgilashi, rejalashtirilgan natijalarga erishish nuqtai nazaridan ulami baholash usullarini o‘rnatishi kerak. Maxsus jarayonlarni shahodatlash (tasdiqlash) mezonlari va uslublarini aniqlashda, maxsus jarayonning mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga ta’siri va ahamiyati (masalan, payvand birikmasi sinfi), shuningdek jarayonni bajarilishiga taalluqli qonun va me’yoriy hujjatlar talablari (masalan, quvurlarni va to‘siqlarni payvandlash jarayonini shahodatlash mezonlari va uslublari turlicha bo‘ladi) hisobga olinadi. Maxsus jarayonlarni shahodatlash mezonlariga, shuningdek qo‘llanilayotgan materiallar, tasdiqlangan texnologiyalar, agar zarur bo‘lsa, sertifikatlashtirilgan qurilmalarni qo‘llash ham kiritiladi. 6.5. Identifikatlashtirish va kuzatuvchanlik Zarur bo‘lgan hollarda, tashkilot mahsulotni to‘g ‘ri keladigan usullar bilan uni ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida identifikatlashtirishi kerak. Tashkilot o‘lchash va monitoring talablariga tegishli mahsulotning maqomini identifikatlashtirishi lozim. Agarda kuzatuvchanlik belgilangan talab bo‘lsa, tashkilot mahsulotning yakka identifikatlashtirish yozuvlarini boshqarishi va olib borishi kerak. Izoh: sanoatning ba’zi bir sohalarida identifikatlashtirish va kuzatuvchanlik konfiguratsiyaning boshqarish yo‘li bilan quwatlanib turiladi. Identifikatlashtirish - bu obyektning biron bir tur yoki guruhga taalluqligini aniqlash usuli. Identifikatlashtirish bu obyektni boshqa o‘xshash obyektlardan farqlashga imkon beradi. Identifikatlashtirish yordamida obyekt (materiallar, butlovchi qismlar, tayyor mahsulot birlikliklari yoki to‘plari) holati va joylashgan o‘rni aniqlanadi. Kuzatuvchanlik - mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va yuklash jarayonida tayyorlash va ko‘chirish bosqichlarini va ketma - ketligini kuzatish usuli. Tashkilot, agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa, mahsulotni identifikatlashtirish va kuzatish tartibini ta’minlashi kerak, bu tartibda quyidagilar belgilanishi kerak: - identifikatlashtirish turlari va usullari; - xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek tayyor mahsulotni identifikatlashtirish; - mahsulotni tayyorlash vaqtida kuzatuvchanligini ta’minlash; - mahsulotni nazorat qilish jarayonida maqomini belgilash. 121 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling