Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2 Sotib olingan mahsulotni verifikatlash (tekshirish)
6.1. Sotib olish uchun axborot
Sotib olish uchun axborot buyurilayotgan mahsulotning bayoniga ega bo‘lishi va zarur bo‘lgan hollarda: a) mahsulot, protseduralar, jarayonlar va asbob uskunalarni tasdiqlash bo‘yicha talablarni; b) xodimlarning malakasiga bo‘lgan talablarni; v) sifat menejmenti tizimiga talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Sotib olish talablarini xabar qilgunga qadar tashkilot ularning bir xilligiga ishonch hosil qilmog‘i kerak. Sotib olish uchun zarur hujjatlarda sotib olinayotgan mahsulotning aniq identifikatsiyasi va sotib olinadigan mahsulotga ehtiyoj ko‘rsatilishi kerak. Tashkilot sotib olishga talabnomadan boshlab mahsulotga talablarni aniqlashda barcha tegishli tomonlarning (mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini egalari) qatnashishini ta’minlagan holda, mahsulotlarga talablarni identifikatlashtirish va ularni yetkazib berishda shartnomalarga kirgazish tartibini belgilashi kerak. Mahsulot nomi, belgilanishi, texnikaviy talablar, me’yoriy hujjatlar, spesifikatsiyalar, chizmalar, nazorat usullari, texnologik jarayonga talablar aniq belgilanishi kerak. Tashkilot sotib olinadigan mahsulotga belgilangan, shuningdek o‘ziga xos talablarning to‘g‘riligini yetkazib beruvchiga xabar qilingungacha tekshirishi kerak. 6.2 Sotib olingan mahsulotni verifikatlash (tekshirish) Tashkilot sotib olingan mahsulotning sotib olishga belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kirishdagi tekshiruv yoki o‘zga faoliyat bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi darkor. Tashkilot yoki uning iste’molchisi sotib olingan mahsulotni yetkazib beruvchining korxonasida verifikatlashni (tekshirishni) 118 ko‘zda tutgan hollarda, tashkilot sotib olish axborotida bunday tekshirish bo‘yicha choralarni va yetkazib beruvchiga mahsulotni chiqarish usullarini ko‘rsatishi kerak. Tashkilot sotib olingan mahsulotning tekshirish protseduralarini belgilashi kerak. yetkazib beruvchini tekshirish zaruriyati belgilanganda, tashkilot bu talabni sotib olishga hujjatlarga kiritishi kerak. Agar tashkilot mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonlarini yetkazib beruvchi - korxonada tekshirishni rejalashtirsa, unda tekshirish usulini aniqlash va uni sotib olishga hujjatda ko‘rsatish kerak. Kirish nazoratining turlari va o‘tkazish usullari sotib olinayotgan mahsulot, sotib olinayotgan mahsulot sifati, shuningdek ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling