Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish
faoliyatni
amalga oshirish uchun mahsulotni o‘lchashda qoMlaniladigan uslublarni va mahsulotning nazorati va o‘lchashlari natijalari bo‘yicha ro‘yxatga olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. 6. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish Tashkilot talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulot identi- fikatlashtirilgan bo‘lishi va uni bilmasdan ishlatilishini yoki yetkazib berilishining oldini oladigan tarzda boshqarilishini ta’minlashi kerak. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish va uni tasarruf 130 etish uchun javobgar bo‘lgan shaxslar hujjatlashtirilgan protsedurada aniqlangan bo‘lishi darkor. Tashkilot nomuvofiq mahsulotni quyidagi usullarning bir yoki bir nechtasi bilan tasarruf qilishi kerak: a) aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish bo‘yicha chora- tadbirlar ko‘rish; b) muvofiq vakolatli idora yoki shaxs va agarda mumkin bo‘lsa, iste’molchi tomonidan ruxsat etilgan og‘ish bilan undan foydalanish, chiqarish va uni qabul qilishga ruxsat berish; v) dastlabki rejalashtirilgan foydalanish yoki qo‘llanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni ko‘rish. d) nomuvofiq mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng yoki foydalanish boshlangandan so‘ng aniqlangan bo‘lsa, oqibatlar yoki potensial oqibatlarga mos choralarni ko‘rish. Nomuvofiqlar tavsifi va qilingan harakatlar, shu hisobda chetlanishga ruxsatlarni olish haqida yozuvlarni olib borish zarur. Nomuvofiqlik bartaraf qilingandan keyin mahsulot unga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun qayta verifikatlanishi (tekshirilishi) lozim. Tashkilot o‘rnatilgan talablarga nomuvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishning tegishli bosqichlarida aniqlanishi, belgilanishi vayaroqli mahsulotdan ajratilishini ta’minlashi kerak. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish bo‘yicha faoliyatni maqsadi, iste’molchiga o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulotni yetkazib berilishining oldini olish va bunday mahsulotning kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni yo‘qotishdan iborat. Nomuvofiq mahsulotning keyingi ishlatilishi bo‘yicha masalalami tashkilot operativ hal qilishi kerak. Nomuvofiq mahsulotni qo‘llash imkoniyati, uni tuzatish, qo‘shimcha tekshirish, unga nisbatan boshqa harakatlar to‘g ‘risidagi qarorni tegishli ma’sul shaxslar qabul qilishi kerak. Qarorning qabul qilinishi darajasi aniqlangan nomuvofiqlikka va keyingi oqibatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlar hujjatlarda belgilanishi kerak. Tashkilot nomuvofiqliklar sabablarini (texnologik jarayonning ijrochi tomonidan buzilishi, qurilmalarning ishlashidagi nosozliklar, 131 nomuvofiq materiallar va h.k.) aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha masalalami operativ hal qilishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling