Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
10. Oldini oluvchi amallar
Tashkilot kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni kelib chiqishining oldini olish uchun ulaming sabablarini bartaraf qilish maqsadida amallarni qo‘llashi kerak. Oldini oluvchi amallar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolaming ta’sir qilish darajasiga muvofiq kelishi kerak. Quyidagilarga nisbatan talablarni aniqlovchi hujjatlashtirilgan protsedura ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak: a) kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklar va ularning sabablarini aniqlashga; b) nomuvofiqliklarning qaytadan paydo bo‘lishini oldini olish bo‘yicha amallar zarurligini baholashga; v) zarur bo‘lgan amallarni aniqlash va amalga oshirishga; 134 g) ko‘rilgan amallar natijalari bo‘yicha yozuvlarni olib borishga; d) ko‘rilgan oldini oluvchi amallarning samaradorligi tahliliga. Oldini oluvchi amallar potensial nomuvofiqliklar sabablarini bartaraf qilish, tashkilotni rivojlanishi istiqbolli muammolarini va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bu masalalar tashkilotning rivojlanish rejasida, sifat dasturida, biznes - reja, boshqa hujjatlarda ko‘rsatilishi mumkin. ISO 9000 ga muvofiq, oldini oluvchi amallar - bu potensial nomuvofiqlik yoki boshqa potensial kerak bo‘lmagan holatning sabablarini bartaraf qilish uchun joriy qilingan amallar. Oldini oluvchi amallar tasodif pay do bo‘lishining oldini olish uchun, to‘g ‘rilovchi amallar esa tasodifning qayta sodir bo‘lishining oldini olish uchun joriy qilinadi. Tashkilot potensial nomuvofiqliklarning sabablarini identifikatlashtirish va oldini oluvchi amallarni ishlab chiqish uchun maxsus usullarni qo‘llashi kerak. Bunday usullar risklar tahlili, tendensiyalar tahlili, jarayonlarni statistik boshqarish, radlar sabablari va oqibatlarining tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Oldini oluvchi amalning joriy qilinishi tanlangan variantning amaliy bajarilishini ko‘zda tutadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling