Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


S  o‘z javobgarligi va vakolatlari; S


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

o‘z javobgarligi va vakolatlari;
iste’molchi talablarini bajarish muhimligi;
jarayonlar natijaliligi va samaradorligi, mahsulot sifati va 
sifatni boshqarish tizimi faoliyatining samaradorligi to‘g ‘risida 
xabardor qilinishi kerak.
M a’lumotlarning tarkibi va ularning tashkilot xodimlariga 
yetkazilishi shaklini yuqori rahbariyat vakili belgilaydi.
Rahbariyat tomonidan tahlil qilish
Umumiy qoidalar
Yuqori rahbariyat rejalashtirilgan davriylik bilan tashkilotning 
sifat menejmenti tizimini, uning doimo yaroqliligini, bir xilliligini 
va natijaliligini ta’minlashi uchun doimo tahlil o‘tkazib turishi 
lozim. Bunday tahlilda tashkilotning sifat menejmenti tizimini 
yaxshilash imkoniyatlari va o‘zgartirishlar kiritish zarurligini, shu 
hisobda sifat sohasida siyosat va maqsadlarni baholashi zarur.
Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish natijalari bo‘yicha 
yozuvlar olib borishi zarur.
Rahbariyat 
tomonidan 
tahlil 
qilish 
sifat 
tizimini 
takomillashtirishning samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Tashkilot rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan sifat tizimining 
tahlili sifat sohasidagi siyosatning bajarilishi va maqsadlarga 
erishilishini baholashni, sifatni boshqarish tizimining natij aliligini 
va samaradorligini baholashni, sifatni boshqarish tizimini yaxshilash 
bo‘yicha imkoniyatlarni baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
Sifatni boshqarish tizimini tahlil qilish davriyligi rahbariyat 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot xususiyatlari, bozor 
konyunkturasining o‘zgarishi, korxonada sifat muammolarining 
mavjudligi, sifat tizimi faoliyat olib borayotgan vaqt va boshqa 
faktorlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
99


Tahlil davriyligi: chorakda bir marta, yarim yilda bir marta 
bo‘lishi mumkin, ammo yilda bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Tahlil samarali o‘tkazilishi uchun tahlil o‘tkazish protsedurasini 
ishlab chiqish zarur. Tahlilni o ‘tkazish uchun korxona bo‘linmalari 
tomonidan boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorlash ketma - ketligini 
o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Korxonaning tahlilda qatnashayotgan va ma’lumot taqdim 
qilayotgan 
bo‘linmalari 
majburiyatlari 
va 
javobgarliklari 
belgilanishi, ushbu bo‘linmalar uchun tahlil bo‘yicha kirish 
ma’lumotlarining va mahsulot, jarayonlar va sifatni boshqarish 
tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflarning tarkibi va taqdim qilish 
shakli o‘rnatilishi kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling