Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
7. Rahbariyat vakili
Tashkilotning yuqori rahbariyati, tashkilot rahbariyati tarkibidan rahbariyatning vakilini tayinlashi kerak va bu vakil unga yuklatilgan boshqa vazifalardan qat’i nazar: a) sifat menejmenti tizimiga zarur bo‘lgan jarayonlarni ishlab chiqishni joriy qilishi va ishchi holatda saqlanishini ta’minlashi; b) tashkilotning yuqori rahbariyatga sifat menejmenti tizimining ishlashi va uni yaxshilash zarurligi haqida hisobotlarni taqdim etishi; v) tashkilotning barcha pog‘onalarida iste’molchining talablari to‘g‘risida xabardor bo‘lishni ta’minlashda ko‘maklashishi uchun javobgar bo‘lishi va vakolatga ega bo‘lishi kerak. Izoh: - Rahbariyat vakilining vazifalariga sifat menejmenti tizimi masalalari bo‘yicha tashqi tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar ham kirishi mumkin. Yuqori rahbariyat sifatni boshqarish tizimini samarali va natijali ishlashi maqsadida yuqori rahbariyat vakilini ta’minlashi kerak va unga yuklatilgan boshqa vazifalardan qat’i nazar, unga quyidagilar uchun javobgarlik va tegishli vakolatlami belgilashi kerak: ISO 9001 talablariga muvofiq sifatni boshqarish tizimi jarayonlarini ishlab chiqish, joriy qilish va ishchi holatda tutilishini ta’minlash; yuqori rahbariyatga sifatni boshqarish tizimining faoliyati, shuningdek uni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida hisobotlarni taqdim qilish; S tashkilot rahbariyatini iste’molchining qoniqishi to‘g ‘risida xabardor qilish; S butun tashkilot bo‘yicha iste’molchilar talablarining o‘rganilishi va tushunilishini ta’minlashga ko‘maklashish, manfaatdor tomonlami iste’molchilarning shikoyatlari va e’tirozlari to‘g‘risida xabardor qilish; S sifatni boshqarish tizimiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha tashqi tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish. Yuqori rahbariyatning vakili quyidagi faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatlarga ega bo‘lishi kerak: 97 S tashkilot sifatni boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish; sifatni boshqarish tizimiga kiritish uchun jarayonlarni, ularning ketma - ketligi va o‘zaro aloqasini aniqlash bo‘yicha faoliyatga rahbarlik qilish; sifatni boshqarish jarayonlarining menejmenti, o‘lchanishi, tahlili va yaxshilanishi bo‘yicha faoliyatga rahbarlik qilish; sifat bo‘yicha qo‘llanma, sifat tizimi hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va ularni aktual holda ushlash; Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling