Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
13-
amaliy mashg‘ulot Mahsulot ishlab chiqarishda sifat menejmenti tizimini qo‘llash Reja: 1. Mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirish 2. Iste’molchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni aniqlash 3. Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish 4. Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat 5. Loyihalash va ishlab chiqish. Loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirish 7. Sotib olish. Sotib olish jarayoni Tayanch iboralar: sotish, rejalashtirish, ishlab chiqarish, tashkilot mahsuloti, loyihalash 1. Mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirish. Tashkilot mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni rejalashtirishi va ishlab chiqishi darkor. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda sifat menejmenti tizimi boshqa jarayonlarining talablari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda zarur bo‘lgan holda: a) sifat sohasidagi maqsadlarini va mahsulotga qo‘yiladigan talablarni; b) muayyan mahsulot uchun jarayonlar va hujjatlarni ishlab chiqish zarurligini va zarur resurslar bilan ta’minlashni; v) aniq bir mahsulotni verifikatlash (tekshirish), validatlash (tasdiqlash), monitoringi, o‘lchanishi, nazorati, sinovlari bo‘yicha faoliyatini va uni qabul qilib olish mezonlarini; g) ishlab chiqarish jarayonlariga va tayyor mahsulotga qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan yozuvlarni aniqlashi kerak. 107 Rejalashtirish natijalari ushbu tashkilot uchun qulay ko‘rinishda rasmiylashtirishi kerak. Izohlar: 1 Sifat menejmenti tizimining jarayonlari bayonnomasi va aniq bir mahsulot, loyiha yoki kontraktga qo‘llash uchun mo‘ljallangan resurslarni o‘z ichiga olgan hujjat sifat rejasi deb ko‘rilishi mumkin. 2 Tashkilot mahsulotning ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqishda bandda keltirilgan talablarga amal qilishi mumkin. Tashkilot mahsulot ishlab chiqarishning hayotiy sikllari jarayonlarini (ya’ni mahsulotga ehtiyojni aniqlashdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berish va sotilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan tashkilotdagi bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni) rejalashtirishi va ishlab chiqishi kerak. Mahsulotning hayotiy sikllari jarayonlari shuningdek biznes - jarayonlar yoki asosiy jarayonlar deb ataladi. Asosiy jarayonlar tashkilot uchun muhim hisoblanadi, chunki ularni bajarishda mahsulot qo‘shimcha qiymatining qo‘shilishi ro‘y beradi. Jarayonlar kichik jarayonlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish tashkilot maqsadlari bilan moslangan bo‘lishi va ularning boshqaruv jarayonlari, resurslar menejmenti jarayonlari, o‘lchashlar, tahlil va yaxshilash jarayonlari bilan o‘zaro aloqasini hisobga olishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling