Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

4. Ishlab chiqarish muhiti
Tashkilot mahsulotning muvofiqligini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan ishlab chiqarish muhitini yaratishi va uni boshqarishi 
darkor.
105


Izoh: «Ishlab chiqarish muhiti» atamasi, tabiiy faktorlar, a tro f- 
muhit yoki boshqa faktorlarni 
(shovqin, 
harorat, 
namlik, 
yoritilganlik yoki ob - havo kabi) o‘z ichiga olgan holda ish 
bajariladigan sharoitlarga taalluqlidir.
Tashkilotda o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lgan mahsulotni 
ishlab chiqarishni ta’minlovchi va xodimlar sog‘lig‘iga zararli ta’sir 
ko‘rsatmaydigan ishlab chiqarish muhiti yaratilishi kerak.
Ishlab chiqarish muhiti fizik va inson faktorlarini o‘z ichiga 
oladi [6].
Ishlab chiqarish muhitining fizikaviy faktorlari tashkilotda 
mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, sinash va nazorat qilish
xavfsizlik va xodimlar sog‘lig‘ini saqlash uchun sharoitlarni 
ta’minlashi kerak.
Tashkilot ishlab chiqarish sharoitlarni boshqarish va zarur 
bo Uganda, nazorat qilish va ro‘yxatga olish imkonini ko‘zda tutishi 
kerak.
Fizik faktorlar sanoat sanitariyasi va gigienasi standartlari 
talablariga, ishlab chiqarish tozaligi va madaniyatini ta’minlash 
bo‘yicha talablarga, ishchi o‘rinlarini tegishli yoritilishi talablariga 
muvofiq bo‘lishi kerak.
Ishlab 
chiqarish 
muhitining 
belgilangan 
me’yorlarga 
muvofiqligi ustidan nazorat tartibini o‘rnatish kerak.
Nazorat savollari
1. Resurslar menejmenti deganda nimani tushunasiz?
2. Resurslar bilan ta’minlash qanday amalga oshiriladi?
3. Ishlab chiqarish muhiti nima?
4. Infratuzilma haqida gapiring?
5. Layoqatlilik, o‘qitish va xabardorlik tushunchasi nima?
6. Xodimlar haqidagi umumiy qoidalarni ko‘rsatib o‘ting?
106



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling