Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Loyihalash va ishlab chiqish chog‘ida o‘zgartishlarni


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Loyihalash va ishlab chiqish chog‘ida o‘zgartishlarni 
boshqarish
Loyihalash 
va 
ishlab 
chiqish 
chog‘ida 
o ‘zgartishlar 
identifikatlashtirilgan bo‘lishi, muvofiq yozuvlar esa ishchi holatda 
saqlangan bo‘lishi kerak. 0 ‘zgartirish kiritilishi oldidan bu kerak 
bo‘lgan holda tahlil qilingan, verifikatlangan (tekshirilgan) va 
tasdiqlangan 
bo‘lishi 
kerak. 
Loyiha 
va 
ishlanmalardagi 
o‘zgartishlarning tahlili yetkazib berilgan mahsulot va uning 
tarkibiy qismlariga ta’sirini baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
0 ‘zgartishlarning tahlili natijalari va zarur bo‘lgan harakatlar 
bo‘yicha yozuvlar olib borilishi va saqlanishi lozim.
116


Tashkilot loyihaga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilashi 
kerak va bu tartibda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- rasmiylashtirish;
- tahlil, tekshirish;
- tasdiqlash.
Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni 
bajarishni bayon qilishda ishlab chiqilgan mahsulotga o‘zgartirishlar 
kiritish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak. Loyihaga o‘zgartirishlar 
mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida kiritiladi.
Loyihaga o‘zgartirishlar mahsulot ishlab chiquvchi tomonidan 
yoki uning ruxsati bilan kiritilishi mumkin.
Kiritilgan o‘zgartirishlar barcha tegishli 
shaxslarga va 
hujjatlardan foydalanuvchilarga yetkazilishi kerak.
0 ‘zgartirishlar tahlili natijalari ro‘yxatga olinishi, saqlanishi va 
va qidirilishi yengillashtirilishi kerak [15].
6. Sotib olish. Sotib olish jarayoni
Tashkilot sotib olinayotgan mahsulotni sotib olishlarga 
qo‘yiladigan 
talablarga 
muvofiqligini 
ta’minlashi 
kerak. 
Ta’minlovchiga va 
sotib 
olinayotgan 
mahsulotga 
nisbatan 
boshqarishning hajmi va xususiyati uni bundan keyingi ishlab 
chiqarish jarayonlarining bajarilishiga yoki tayyor mahsulotga ta’sir 
qilish darajasi bilan belgilanadi. Tashkilot ta’minlovchilarni ularni 
tashkilotning talablariga muvofiq mahsulotni yetkazib berish 
qobiliyati asosida baholashi va tanlashi kerak. Ta’minlovchilarni 
tanlash va vaqti-vaqti bilan baholash mezonlari belgilangan bo‘lishi 
lozim. Bunday baholash va undan keyingi amallar natijalari 
bo‘yicha yozuvlarni olib borish va ishchi holatda saqlash darkor.
Tashkilot sifat menejmenti tizimida belgilangan (xarid) 
talablariga muvofiq mahsulotni sotib olish va ishlab chiqarishda 
qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida xarid jarayonini belgilashi 
kerak.
Tashkilot xarid qilingan mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni va 
tayyor mahsulotga ta’siri darajasiga bogliq ravishda, xarid qilingan 
mahsulotni qabul qilish va belgilangan talablarga muvofiqligini 
tekshirish, shu jumladan zarur bo‘lganda ta’minotchi - korxonada
117


qabul qilish va belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish 
tartibini o‘matishi kerak.
Tashkilot ta’minotchini, agar u yagona bo‘Isa ham, davriy 
baholashini amalga oshirishi kerak.
Tashkilot ta’minotchilarni baholash va tanlash natijalari 
bo‘yicha ma’lumotlarni ro‘yxatga olinishini ta’minlashi va ularni 
boshqariladigan holda ushlab turishi kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling