Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
6.3 Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni boshqarish Tashkilot boshqarish mahsuloti ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni boshqariladigan sharoitlarda rejalashtirish va amalga oshirishi kerak. Boshqariladigan sharoitlar zarur bo‘lishiga qarab: a) mahsulotni tavsiflarini belgilovchi axborotning mavjudligini; b) ishchi yo‘riqnomalarni mavjudligini; v) tegishli asbob- uskunaning qo‘llanilishini; g) tekshiruv va o‘lchash jihozlarining mavjudligi va qo‘llanishini; d) monitoring va o‘lchashlarni o‘tkazishni; e) mahsulotni ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotib bo‘lingandan keyingi boshqa mos keladigan xizmat ko‘rsatish uchun jarayonlarning qo‘llanilishini o‘z ichiga olishi kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat) turiga qarab, tashkilot mahsulot ishlab chiqarish zarur bo‘lgan operatsiyalar tarkibi va ketma - ketligini belgilashi kerak. Tashkilot iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish kafolatini ta’minlash uchun mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq operatsiyalarga talablarni belgilashi kerak. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishni ta’minlash zarur. 119 Tashkilot iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash uchun jarayonlarni boshqariladigan sharoitlarda borishini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarish jarayonini boshqariladigan sharoitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) zarur bo‘lgan holarda, konstruktorlik va texnologik hujjatlar, ishchi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va qo‘llash hamda ularni boshqarish. b) tegishli texnologik qurilmalarni tanlash va qo‘llash, ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan ta’mirlash va texnologik aniqlikka tekshirish. v) tegishli o‘lchov va nazorat qurilmalarini tanlash va qo‘llash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va qiyoslash, saqlash, konservatsiyalash, identifikatlashtirish va hisobga olish; g) jarayonlar monitoring va o‘lchashlarini, mahsulot sifati nazoratini, xarid qilinayotgan mahsulot nazorati statusini tasdiqlashni o‘tkazish; d) iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi barcha jarayonlarini, shuningdek mahsulotni qadoqlash, yetkazib berish, yetkazib berilganidan so‘ng unga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi jarayonlarni joriy qilish va ularga rioya qilish. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling