Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Mahsulotning muvofiqligini saqlash
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8 Monitoring va o‘lchashlar uchun qurilmalarni boshqarish
6.7. Mahsulotning muvofiqligini saqlash
Tashkilot mahsulotning talablarga muvofiqligini saqlash uchun tashkilotning ichida ishlab chiqarish jarayonlari da va tayinlangan joyga yetkazib berishda saqlab turishi kerak. Imkoni bo‘lsa, saqlash bo‘yicha amallarga identifikatlashtirishni, mahsulot bilan muomala qilishni, uni joylab o‘rashni, saqlash va himoyalashni kiritish lozim. Ushbu talab mahsulotning tarkibiy qismlariga ham tegishli. Tashkilot mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berish vaqtida zararlanishi, holatining yomonlashishi va noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldini olish maqsadida yuklash - tushirish, o‘rab 122 joylash, saqlash, konservatsiyalash va yetkazib berish jarayonlarini belgilashi kerak. Tashkilot mahsulot muvofiqligini saqlash va uni zararlanishi, buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldini olish uchun zarur resurslarni belgilashi kerak. Mahsulot muvofiqligini saqlashni ta’minlovchi jarayonlar monitoringini amalga oshirish kerak. 6.8 Monitoring va o‘lchashlar uchun qurilmalarni boshqarish Tashkilot mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun qanday o‘lchashlarni bajarishi, monitoring va o‘lchashlar uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini aniqlashi lozim. Tashkilot o‘lchash va monitoring uchun asbob-uskunalarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq monitoring va o‘lchashlarni bajarish imkoniyatlarini ta’minlovchi jarayonlarni belgilashi darkor. 0 ‘lchashlaming ishonchli natijalarini olish zarur bo‘lgan hollarda asbob-uskunalar: a) kalibrlangan yoki belgilangan davriylik bilan yoki ishlatishdan oldin xalqaro yoki milliy etalonlargacha kuzatib boriladigan namunaviy etalonlar bo‘yicha kalibrlangan yoki qiyoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday etalonlar yo‘q bo‘lsa, ishlatilgan qiyoslash bazasi hujjatli rasmiylashtirilgan; b) sozlangan yoki, zarur bo‘lgan holda, qayta sozlangan; v) kalibrlash yoki qiyoslash maqomini belgilash maqsadida identifikatlashtirilgan bo‘lishi; g) bundan aw al amalga oshirilgan qiyoslashni nohaqiqiy qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ruxsat etilmagan sozlashlardan himoyalangan bo‘lishi; d) u bilan munosabatda bo‘lganda, texnikaviy xizmat ko‘rsatganda va saqlanganda buzilishlardan va tavsiflarining yomonlashishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, asbob-uskunalar talablarga mos kelmasligi aniqlangan bo‘lsa, tashkilot bundan oldin o‘tkazilgan o‘lchashlarning ishonchliligini baholash va qayd qilib qo‘yishi kerak. Tashkilot bunday nomuvofiqlik aks etgan asbob-uskuna va mahsulotga nisbatan muvofiq choralar (amallar), harakatlar ko‘rishi kerak. Kalibrlash yoki qiyoslash natijalari bo‘yicha yozuvlar ishchi holatda ushlanishi darkor. Izoh: Kompyuter dastur vositalarining taxmin qilingan qo‘llanilishni qanoatlantirish xususiyatini tasdiqlash odatda ularning 123 vertifikatlanishi va qo‘llash uchun yaroqliligini saqlash uchun konfiguratsiyani boshqarishni o‘z ichiga oladi. Tashkilot mahsulotni tekshirish va jarayonlarni tasdiqlash uslublarini belgilashi va joriy qilishi va mahsulotni o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan nazorat va o‘lchov priborlarini aniqlashi kerak. Tashkilot quyidagilarni kafolatlashi kerak: a) o‘lchovlarning to‘g‘ri va obyektiv natijalarini ta’minlash zarur bo‘lgan nuqtalarda kalibrlangan va qiyoslangan qurilmalar qo‘llanilishi kerak; b) tashkilot o‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatishni, shu jumladan texnikaviy layoqatli xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ishlatish hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan rostlash va to‘g‘rilashni ta’minlashi kerak; v) tashkilot o‘lchov vositalarining ruxsat berilgan tizimlari bilan o‘lchov vositalarining kalibrlash yoki qiyoslash makomini tasdiklashni ta’minlashi kerak; g) tashkilot vakilining o‘lchov jarayoniga aralashishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositasida (massani o‘lchash asboblari va h.k.), kerak bo‘lmagan rostlashning oldini olish maqsadida plombalash yoki bunday amallardan boshqa himoyani ta’minlash zarur; d) tashkilot, ishlatish hujjatlari va amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq o‘lchov vositalarining to‘g ‘ri ishlatilishi, tegishli holatda ushlanishi, to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi, saqlanishi, transportda tashilishi tartibi va ular uchun javobgarlikni belgilashi kerak [5]. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling