Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
3. Ichki audit
Tashkilot: a) sifat menejmenti tizimini rejalashtirilgan chora-tadbirlarga (7.1), mazkur standart talablariga va tashkilot tomonidan sifat menejmenti tizimiga qo‘yilgan talablariga muvofiqligini; b) u samarali joriy etilganligi va ishchi holatda saqlanayotganligini aniqlash uchun sifat menejmenti tizimining davriy ichki auditlarini o‘tkazishi kerak. Tashkilot tekshirilayotgan sohalar va jarayonlarning maqomini va muhimligini hamda aw algi auditlarning natijalarini hisobga olgan holda ichki auditlarning o‘tkazilishni rejalashtirishi kerak. Audit mezonlari, sohasi davriyligi va ularni o‘tkazish usuliyati aniqlangan bo‘lishi kerak. Auditorlarni guruhga tanlab olish va auditni o‘tkazish, tekshirish jarayonining xolisligini va mustaqilligini ta’minlashi kerak. Auditlar tekshirilayotgan ishlarni bajarishga qatnashmagan xodimlar tomonidan o‘tkazilishi kerak. Hujjatlashtirilgan protsedurada auditlarni rejalashtirish, natijalar haqida hisobot va yozuvlarni olib borish bo‘yicha vazifalar va talablar aniqlangan bo‘lishi kerak. Tekshirilayotgan qismning rahbariyati aniqlangan nomuvofiqliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish bo‘yicha 127 to‘g‘rilash va to‘g ‘rilovchi harakatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi kerak. Keyingi harakatlar ko‘rilgan choralar bajarilishini verifikatlash (tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) natijalari haqida hisobotlarni tuzishini nazarda tutishi kerak. Izoh: - ichki auditni o‘tkazayotganda qo‘llanma sifatida ISO 19011 dan foydalanish mumkin. Ichki audit (tekshirish) - bu sifat sohasidagi (mahsulot, xizmat, jarayonlar, butun SMT) faoliyat natijalarining o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun tashkilot kuchlari (yoki uning nomidan) o‘tkaziladigan tizimli (ma’lum oraliq vaqt orqali) va mustaqil tahlil [9]. Ichki audit bo‘yicha faoliyat SMT baholashga yo‘naltirilishi kerak. Bu faoliyat audit o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarayonlar va bo‘linmalar muhimligi va maqomini, shuningdek aw algi auditlar natij alarini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Auditlar rejalari aw algi auditlar natijalari va tashkilot faoliyati natij alarini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi kerak. Rejalashtirishda jarayonlarning borishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni qo‘shgan holda, jarayonlar va faoliyatning muhim nuqtalarini xisobga olish kerak. Ichki audit natijalari bo‘yicha audit maqsadlariga muvofiq bo‘lgan varaqlar, nomuvofiqliklar bayonnomalari, audit bo‘yicha hisobotlar rasmiylashtiriladi. 0 ‘tkazilgan auditlar natijalari bo‘yicha hisobotlar tekshirilgan obyektlarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risidagi xulosalarni va auditdan so‘ng keyingi amallar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Keyingi amallar, odatda, aniqlangan nomuvofiqliklarini bartaraf qilish uchun qabul qilingan to‘g‘rilovchi amallarni, bajarilish muddatlari va bajarish uchun javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling