Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-amaliy mashgulot Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish va yaxshilash Reja
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari
1. Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichlari qanday rejalashtiriladi? 2. Iste’molchi kimlar? 3. Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni aytib bering. 4. Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat deganda nimani tushunasiz? 5. Loyihalash va ishlab chiqish jar ay onini tushuntirib bering. 124 14-amaliy mashg'ulot Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish va yaxshilash Reja: 1. 0 ‘lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash. Umumiy qoidalar 2. Monitoring va o‘lchashlar. Iste’molchining qanoatlanganligi 3. Ichki audit 4. Jarayonlar monitoringi va o‘lchashlari 5. Mahsulotni monitoringi va o‘lchashlari 6. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish 7. M a’lumotlarni tahlil qilish 8. Yaxshilash. Doimiy yaxshilash 9. To‘g ‘rilovchi amallar 10. Oldini oluvchi amallar Tayanch iboralar: monitoring, to‘g ‘rilovchi amallar, statistik usullar, nazorat qiymatlari, faoliyat, o‘lchashlar, vakolatli idora 1 0 ‘lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash. Umumiy qoidalar Tashkilot: a) mahsulotga talablarning muvofiqligini tasdiqlash; b) sifat menejmenti tizimining muvofiqligini ta’minlash; v) sifat menejmenti tizimini muntazam yaxshilash uchun zarur bo‘lgan monitoring, o‘lchash, tahlil qilish va yaxshilash jarayonlarini rejalashtirishi va qo‘llashi kerak. Bu faoliyat to‘g ‘ri keladigan usullarni, shu hisobda statistik usullarni va ularning qo‘llanish sohasini aniqlashni o‘z ichiga olishi kerak. Mahsulot nazorat qiymatlari (parametrlari), jarayonlar va SMT faoliyatini (monitoring) kuzatish yoki o‘lchashlar seriyasini rejalashtirilgan ketma - ketlikda amalga oshirish tashkilotda mahsulot, jarayonlar, SMT o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini 125 tasdiqlash va doimiy takomillashtirishni namoyish qilish uchun o‘tkaziladi. Izoh: monitoringga tizimli kuzatish, o‘lchash, ro‘yxatga olish va baholash kiradi. Monitoring, o‘lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha faoliyat quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: - mahsulotning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini namoyish qilish uchun (hayotiy siklning barcha bosqichlarida mahsulot sifati nazoratini qo‘llaganda); - SMT faoliyatini ta’minlash (ichki audit o‘tkazilganda); - SMT samaradorligini doimiy yaxshilashda (aniqlangan nomuvofiqliklar bo‘yicha to‘g ‘rilovchi amallar joriy qilinganda va agar rejalashtirilgan natij alarga erishilganda yaxshilashlarni rejalashtirishda). Monitoring, o‘lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha faoliyat har bir faoliyat, har bir jarayon, mahsulotning iste’molchilar va o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini uning hayotiy sikllarining barcha bosqichlarida tasdiqlash va yaxshilash uchun, imkoniyatlarni aniqlash uchun rejalashtirilgan maqsadlarga erishish darajasini baholashni o‘z ichiga oladi. Tashkilotda monitoring va o‘lchashlarni amalga oshirish uslubi ishlab chiqilishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling