Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


  Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

6.4 
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini 
validatlash (tasdiqlash)
Tashkilot keyingi o‘lchashlar va monitoring bilan tekshirib 
bo‘lmaydigan mahsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
jarayonlarini tasdiqlashi kerak. Bularga mahsulotni ishlatilishi 
boshlangandan yoki xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng nuqsonni 
aniqlanish mumkin bo‘ladigan har qanday jarayonlar tegishli 
bo‘ladi.
Jarayonlarni tasdiqlash ularning rejalashtirilgan natijalarini 
olish imkoniyatini tasdiqlashi kerak. Tashkilot bunday jarayonlarga 
nisbatan, shu hisobda, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan holda:
a) jarayonlarni tahlil qilish va tasdiqlash uchun ma’lum mezonlar;
b) tegishli asbob-uskunalami vaxodimlaming malakasini tasdiqlash;
v) aniq usuliyatlar va protseduralarni ishlatish;
g) yozuvlarni olib borishga qo‘yiladigan talablar;
120


d) qayta tasdiqlash bilan birga chora-tadbirlarni aniqlashi kerak.
Tashkilot maxsus texnologik jarayonlar ro‘yxatini belgilashi, 
rejalashtirilgan natijalarga erishish nuqtai nazaridan ulami baholash 
usullarini o‘rnatishi kerak.
Maxsus jarayonlarni shahodatlash (tasdiqlash) mezonlari va 
uslublarini aniqlashda, maxsus jarayonning mahsulot ishlab 
chiqarish texnologiyasiga ta’siri va ahamiyati (masalan, payvand 
birikmasi sinfi), shuningdek jarayonni bajarilishiga taalluqli qonun 
va me’yoriy hujjatlar talablari (masalan, quvurlarni va to‘siqlarni 
payvandlash jarayonini shahodatlash mezonlari va uslublari turlicha 
bo‘ladi) hisobga olinadi.
Maxsus jarayonlarni shahodatlash mezonlariga, shuningdek 
qo‘llanilayotgan materiallar, tasdiqlangan texnologiyalar, agar zarur 
bo‘lsa, sertifikatlashtirilgan qurilmalarni qo‘llash ham kiritiladi.
6.5. Identifikatlashtirish va kuzatuvchanlik
Zarur bo‘lgan hollarda, tashkilot mahsulotni to‘g ‘ri keladigan 
usullar bilan uni ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida 
identifikatlashtirishi kerak. Tashkilot o‘lchash va monitoring 
talablariga tegishli mahsulotning maqomini identifikatlashtirishi 
lozim. Agarda kuzatuvchanlik belgilangan talab bo‘lsa, tashkilot 
mahsulotning yakka identifikatlashtirish yozuvlarini boshqarishi va 
olib borishi kerak.
Izoh: sanoatning ba’zi bir sohalarida identifikatlashtirish va 
kuzatuvchanlik 
konfiguratsiyaning 
boshqarish 
yo‘li 
bilan 
quwatlanib turiladi.
Identifikatlashtirish - bu obyektning biron bir tur yoki guruhga 
taalluqligini aniqlash usuli. Identifikatlashtirish bu obyektni boshqa 
o‘xshash obyektlardan farqlashga imkon beradi. Identifikatlashtirish 
yordamida obyekt (materiallar, butlovchi qismlar, tayyor mahsulot 
birlikliklari yoki to‘plari) holati va joylashgan o‘rni aniqlanadi.
Kuzatuvchanlik - mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va 
yuklash jarayonida tayyorlash va ko‘chirish bosqichlarini va ketma
- ketligini kuzatish usuli.
Tashkilot, agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa, mahsulotni 
identifikatlashtirish va kuzatish tartibini ta’minlashi kerak, bu 
tartibda quyidagilar belgilanishi kerak:
- identifikatlashtirish turlari va usullari;
- xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek 
tayyor mahsulotni identifikatlashtirish;
- mahsulotni tayyorlash vaqtida kuzatuvchanligini ta’minlash;
- mahsulotni nazorat qilish jarayonida maqomini belgilash.
121



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling