Tashkilot chiqish ma’lumotlarini loyihalash va ishlab chiqish
bo‘yicha kirish ma’lumotlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi
uchun loyiha va ishlab chiqishni tekshirishni amalga oshirishi kerak.
Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha
ishlarni
bajarish vaqtida verifikatlashni o‘tkazish ishlab chiqishning har bir
etapi yoki ba’zi etaplar bajarilgandan so‘ng, shuningdek ishlab
chiqish tugatilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Loyihani tekshirish natijalari ro‘yxatga
olinishi, saqlanishi va
va qidirilishi yengillashtirilishi kerak.
Loyiha va ishlanmani validatlash (tasdiqlash)
Tayyor mahsulot berilgan yoki mo‘ljallangan qo‘llanish
talablari muvofiq kelish qobiliyatini tasdiqlash uchun,
agarda bu
haqida ma’lum bo‘lsa, loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirilgan
chora-tadbirlarga muvofiq validatlash (tasdiqlash)ni o‘tkazish zarur.
Agarda bu mumkin bo‘lsa validatlash (tasdiqlash) mahsulotni
yetkazib berilguncha yoki ishlatilgunga qadar tugatilishi kerak.
Validatlash (tasdiqlash) natijalari va zarur harakatlar bo‘yicha
yozuvlar olib borilishi va saqlanishi kerak.
Tashkilot loyihalash va ishlab chiqish
natijalarini tasdiqlash
tartibini o‘matishi kerak.
Loyihani
tasdiqlash tahlil
va uning
asosida
loyihani
tekshirishning ijobiy natijalaridan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Loyihani tasdiqlash jarayoniga iste’molchi jalb qilinishi
mumkin.
Odatda
tasdiqlash
mahsulot
iste’molchiga
yetkazib
berilgungacha amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: