Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

6.1. Sotib olish uchun axborot
Sotib olish uchun axborot buyurilayotgan mahsulotning 
bayoniga ega bo‘lishi va zarur bo‘lgan hollarda:
a) mahsulot, protseduralar, jarayonlar va asbob uskunalarni 
tasdiqlash bo‘yicha talablarni;
b) xodimlarning malakasiga bo‘lgan talablarni;
v) sifat menejmenti tizimiga talablarni o‘z ichiga olishi kerak.
Sotib olish talablarini xabar qilgunga qadar tashkilot ularning 
bir xilligiga ishonch hosil qilmog‘i kerak.
Sotib olish uchun zarur hujjatlarda sotib olinayotgan 
mahsulotning aniq identifikatsiyasi va sotib olinadigan mahsulotga 
ehtiyoj ko‘rsatilishi kerak.
Tashkilot sotib olishga talabnomadan boshlab mahsulotga 
talablarni aniqlashda barcha tegishli tomonlarning (mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonlarini egalari) qatnashishini ta’minlagan holda, 
mahsulotlarga talablarni identifikatlashtirish va ularni yetkazib 
berishda shartnomalarga kirgazish tartibini belgilashi kerak. 
Mahsulot nomi, belgilanishi, texnikaviy talablar, me’yoriy hujjatlar, 
spesifikatsiyalar, chizmalar, nazorat usullari, texnologik jarayonga 
talablar aniq belgilanishi kerak.
Tashkilot sotib olinadigan mahsulotga belgilangan, shuningdek 
o‘ziga xos talablarning to‘g‘riligini yetkazib beruvchiga xabar 
qilingungacha tekshirishi kerak.
6.2 Sotib olingan mahsulotni verifikatlash (tekshirish)
Tashkilot sotib olingan mahsulotning sotib olishga belgilangan 
talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kirishdagi 
tekshiruv yoki o‘zga faoliyat bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishi va 
amalga oshirishi darkor.
Tashkilot yoki uning iste’molchisi sotib olingan mahsulotni 
yetkazib beruvchining korxonasida verifikatlashni (tekshirishni)
118


ko‘zda tutgan hollarda, tashkilot sotib olish axborotida bunday 
tekshirish bo‘yicha choralarni va yetkazib beruvchiga mahsulotni 
chiqarish usullarini ko‘rsatishi kerak.
Tashkilot 
sotib 
olingan 
mahsulotning 
tekshirish 
protseduralarini belgilashi kerak.
yetkazib 
beruvchini 
tekshirish 
zaruriyati 
belgilanganda, 
tashkilot bu talabni sotib olishga hujjatlarga kiritishi kerak.
Agar tashkilot mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonlarini 
yetkazib beruvchi - korxonada tekshirishni rejalashtirsa, unda 
tekshirish usulini aniqlash va uni sotib olishga hujjatda ko‘rsatish 
kerak.
Kirish nazoratining turlari va o‘tkazish usullari sotib 
olinayotgan mahsulot, sotib olinayotgan mahsulot sifati, shuningdek 
ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling