Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin
Tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari
Rahbariyat tomonidan tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari quyidagi axborotni o‘z ichiga olishi kerak: a) auditlar natijalari; b) iste’molchilar bilan aks aloqani; v) jarayonlarning samaradorligi va mahsulotning muvofiqligi; g) oldini oluvchi va to‘g ‘rilovchi harakatlarning maqomini; d) menejment tizimining aw algi tahlillar natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish; e) sifat menejmenti tizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar; j) yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar. Yuqori rahbariyatga taqdim qilinadigan tahlil materiallarida bo‘lishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: S aw algi tahlillar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi; S tekshirishlar, shu jumladan sifat tizimi va mahsulotning tashqi auditorlik tekshirishlari, nazorat qiluvchi idoralar tekshirishlari, shuningdek ichki auditlar natijalari; S mahsulotning iste’molchilar tomonidan baholanishi natijalari, ularning istak va ehtiyojlarining qondirilishi, mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha iste’molchilarning takliflari, e’tiroz va reklamatsiyalar mavjudligi; S nomuvofiqliklarning pay do bo‘lish hollari dinamikasi, ularning paydo bo‘lish hollarining tahlili, kelib chiqishi mumkin 100 bo‘lgan nomuvofiqliklarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar, qonunchilik, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar, qurilmalaming eskirishi va boshqa faktorlar natij asida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarning tahlili; S to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi amallarning bajarilishi samaradorligi; S shartnomalarda qonunchilikka muvofiq o‘rnatilgan talablarga va me’yoriy hujjatlarning majburiy talablariga, shuningdek korxona hujjatlariga mahsulotning muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; S texnologik jarayonlarning faoliyatini baholashni qo‘shgan holda, sifat tizimida ko‘zda tutilgan jarayonlar faoliyatining natijaliligi va samaradorligi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar; S sifatni boshqarish tizimlarini o‘zgartirish va yaxshilash zaruriyati to‘g ‘risidagi ma’lumotlar. Rahbariyat tomonidan sifatni boshqarish tizimining tahlili uchun zarur bo‘lgan, ISO 9001:2008 standartida sanab o‘tilgan (5.6.2) kirish ma’lumotlaridan tashqari, tashkilot boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni (raqobatchilarni, ta’minotchilarni baholash, moliyaviy natij alar va boshqalar) belgilashi mumkin [18]. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling