Microsoft Word Ametova Shaxnoza


Elektron mikroskopiya usuli


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana15.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1202103
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
membranaligiya

Elektron mikroskopiya usuli bilan makromolekulalar, membranalar, hujayra 
organoidlarining holati, shakl va o’lchamlari o’rganiladi. 
Spektrofotometriya usuli eritmalardan o’tgan nurning bir qismi yutilishini 
o’lchashga asoslangan. Ushbu usul bilan eritmalarda modda kontsentratsiyasi 
o’lchanadi, makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi, molekula ayrim 
guruhlarining ionlashuvi o’rganiladi.


36 
Rentgen nurlari difraktsiyasi usuli bilan biomolekulalarning fazoviy 
strukturasi, ularning shakli va o’lchamlari, ikkilamchi struktura elementlarining 
fazoviy joylashish holatlari aniqlanadi. 
Fluorestsent zondlar usuli. Ushbu usulda maxsus kimyoviy organik
moddalar - zondlardan foydalaniladi. Zond ”tikilgan” biomolekulaga malum bir 
to’lqin uzunligidagi nur bilan tasir etganimizda, ushbu molekula qo’zg’algan 
holatga o’tadi va o’zidan boshqa to’lqin uzunligidagi nurni chiqaradi hamda ushbu 
nur spektri fluorimetr asbobi bilan o’lchanadi. Fluorestsentsiya usuli bilan 
makromolekulalarning 
konformatsiya 
holati, 
xromofor 
guruhlarning 
harakatchanligi, bazi ionlarning membranalar orqali transporti o’rganiladi. 
Doiraviy dixroizm usuli asosida qutblangan nurning optik faol molekulaga 
tasiri yotadi. Makromolekulalarning turli qismlari anizotrop bo’lganligi sababli 
nurni turlicha yutadi, hamda ushbu spektrlarni yozib olish mumkin. 
İK
-spektroskopiya 
usullari 
bilan 
infraqizil 
nur 
yordamida 
makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi va to’lqinsimon dinamikasi 
o’rganiladi. 
Differentsial 
spektrofotometriya 
usuli 
makromolekulalarning 
konformatsion holati, xromofor guruhlarning erituvchi molekulalari bilan o’zaro 
tasirini o’rganadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling