Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 poshshoning qasriga borsamikan, ishqilib? – Bu tomondan yursanglar ham bo‘ladi, – dedi kampir. – Ammo-lekin, sal uzoqroq-da. Agar Iblisjardagi so‘qmadan 13 kesib o‘tsanglar, rosa bir hafta oldin yetardinglar. Ochlik azobi jonini kemirib turgan Meshpolvonga bu gap malhamdek yoqib, kampirdan so‘radi: – O‘sha yo‘lni ko‘rsatib qo‘yolmaysizmi, xolaginam? Qasrga tezroq yetvolsak bo‘lgani, keyin o‘ch olishni bizga qo‘yib berasiz. – Voy, bo‘yingga girgitton bo‘laylar! Voy, senlardan xolang aylansin! – deya tag‘in iljayib sannay ketdi kampir. – Yo‘l ko‘rsatish nima bo‘pti? Sizlarni o‘zim boshlab boraqolaman. Sepkilshohning dod- voylarini qulog‘im bilan eshitmasam, armonda o‘lmaymanmi? Kampir tuyaga mingashib yo‘l boshladi. Kun botayotgan mahalda Iblisjar yoqasiga yetib kelishdi. Jarlik to‘rt terak bo‘yi chuqurlikda bo‘lib, yonbag‘irlari qilichda kesilgandek tippa-tik edi. Pastga qarashgan chog‘da ko‘zlari juvillab, boshlari aylanib ketayozdi. Jar bo‘yidan picha yurib borishgach, yog‘och ko‘prikka duch kelishdi. Bu yerda jar ichidan qad ko‘targan ustunsimon tik qoya bo‘lib, uning cho‘qqisi bilan yonbag‘ir oralig‘i o‘n besh qadamcha chiqar, qoyaning berigi tarafi tik, naryog‘i esa jar ichiga bemalol tushish uchun ataylab yasalgandek suyri edi. Qoya bilan yonbag‘irlikni yo‘g‘on yog‘ochlar tashlanib qurilgan kenggina ko‘prik birlashtirib turardi. Ular ko‘prikdan o‘tib, qoyadagi aylana yo‘lakdan jar tubiga tushib borishganda, kun qorong‘ilasha boshladi. Buloq suvidan to‘yib ichib olishgach, yiltirab ko‘rinayotgan jilg‘a yoqalab ancha yo‘l yurishdi. Tun rosmana quyuqlashib, hech nimani ko‘risholmay qolgandagina, sero‘t joyni tanlab, tunashga to‘xtashdi. Ertalab uyg‘onib qarashsa, kampir joyida yo‘q. Uyoqqa yugurib chaqirishdi – topilmadi, buyoqqa yugurib chaqirishdi – topilmadi, oxiri hayron bo‘lganlaricha bir-birining ko‘ziga tikilishdi. Meshpolvonning nazarida sheriklari unga hadiksirab qarayotgandek tuyuldi. Shundan keyin: «Menga bunaqa qaramanglar. Nima, kampirlaringni yeb qo‘yibmanmi?» – deb o‘zini oqlashga tushdi: Ochlikda loy totganman, Aravamoy totganman, Kalishpatoy 14 totganman, Odam yegan emasman. Ba’zida jun yeb ko‘rdim, Kabobtutun yeb ko‘rdim, Atirsovun yeb ko‘rdim, Odam yegan emasman. Gohi tivit chaynadim, Gohi chigit chaynadim, Dam semizqurt chaynadim, Odam yegan emasman. Rostdir boyqush yeganim, Shamni noxush yeganim, Xamirturush yeganim, Odam yegan emasman. 13 Сўқма – айлана йўлни кесиб чиқувчи ёлғизоёқ йўлак. 14 Калишпатой – калишнинг патаги, демоқчи. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling