Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Doim vaqti chog‘ bo‘lsin. 
Hamyonida tillo ko‘p, 
Kallasida hillo ko‘p. 
Poshsho bobo sog‘ bo‘lsin, 
Doim vaqti chog‘ bo‘lsin. 
Ayiqteri po‘stini, 
Dorga osar do‘stini. 
Poshsho bobo sog‘ bo‘lsin, 
Doim vaqti chog‘ bo‘lsin. 
Zodagon yigitlar ko‘ldan chiqib kelib, baqrayib qolishdi: dasturxon payhon, noz-ne’matlarning 
ko‘pi gumdon. Boshiga sopol idish kiygan notanish juldirvaqi ko‘zini mo‘ltiratganicha qunishib 
turibdi. Undan ko‘raylik deyishsa, bir bola shuncha ovqatni qoringa tiqvorishiga ishonib bo‘lmaydi. 
Oxiri oralaridagi eng barvastasi unga yaqinlashib, «Bu qaysi tovuqning ishi?» – deb so‘radi. 
– Ozgina go‘sht bersanglar, to‘g‘risini aytishim mumkin, – dedi Meshpolvon. 
Shunda yigitlarning laychasifatrog‘i oldinga pildirab chiqib, «vey, o‘zingni qiyma qipqo‘ymaylik 
tag‘in», deya musht do‘laygan vaqtda, Meshpolvonning eski tersligi qo‘zib, gapni balanddan oldi: 
Dabdurustdan urmagin do‘q, 
G‘alvalarga toqatim yo‘q. 
Shukur qilki, betamizni – 
Tuzlolmayman ochligimda. 
Gapirsang sal bo‘lib odam, 
Berardim to‘q bo‘lsam yordam. 
Lek qornimdan boshqa maqsad 
Ko‘zlolmayman ochligimda. 
Ovqat yesam bo‘lar ayon 
Nima rost-u, nima yolg‘on. 
Azal to‘g‘ri gapni topib 
So‘zlolmayman ochligimda. 
O‘qrayasan menga nechun? 
Ahvolimni o‘zing tushun – 
Ochiq aytsam, pochchamni ham 
Sizlolmayman ochligimda. 
Ovqatlarni qilib talon
Ketdi surlar biron tomon. 
Ular ketgan tomonni men 
Eslolmayman ochligimda. 
Boyagi barvasta yigitning toqati toq bo‘lib: «E, menga desa dasturxonniyam qo‘shib yut. Bularni 
kim yeganini gapirsang-chi, nafsingga o‘t tushgur!» – deb baqirib berdi. 
Meshpolvon olisda qo‘shiq aytib borayotgan suvorilar tomonga ishora qildi: 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling